KORRUPSIYANI OLDINI OLISHGA QARATILGAN TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILMOQDA
Joriy yilning 5-mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha eng muhim vazifa va maqsadlar belgilab berildi. Unda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish bo‘yicha keskin choralar ko‘rilishi, har bir davlat xizmatchisi hamda fuqaroning bu illatga qarshi kurashishda mas’ulyatini yanada oshirishga chuqur e’tibor qaratildi.
Shu munosabat bilan elektr energetikasi sohasini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish, iste’molchilarga xizmat ko’rsatishda xizmat vakolatlarini suiste’mol qilmaslik va shaffoflikni ta’minlash borasida joylarda uchrashuvlar o’tkazilmoqda.
Navbatdagi uchrashuv Buxoro hamda Vobkent tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari bilan o’tkazildi. Unda Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorati va Yuridik bo’lim boshliqlari har bir xodim o‘z mehnat vazifalarini bajarishda tamagirlik, poraxo‘rlik kabi illatlarga yo‘l qo‘ymasliklari, unga qarshi murosasiz kurash olib borishlari zarurligi bo‘yicha tushuntirishlar berdi.
Yakunda, korrupsiyaga yo’l qo’ymaslik, jazo muqarrarligi, bu kabi salbiy holatlarni oldini olish va sodir etmaslik choralarini ko’rish zarurligi ta’kidlandi va barcha xodimlar yana bir bor ogohlikka chaqirildi.
“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati