KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH HAFTALIGI DOIRASIDA TARG'IBOT ISHLARI OLIB BORILMOQDA

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH HAFTALIGI DOIRASIDA TARG'IBOT ISHLARI OLIB BORILMOQDA


KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH, HAFTALIGI DOIRASIDA UNIVESITETNING SIRTQI TALIM YO'NALISHIDA TAXSIL OLAYOTGAN TALABALARGA “KORRUPSIYA TARAQQIYOT KUSHANDASI” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI O'TKAZILDI. 

O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2023-yil 28-noyabrdagi 03/23-3334-sonli xati bilan yuborilgan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi O'zbekiston -2030 strategiyasini 2023-yilda sifatli va o'z vaqtida amalga oshirish to'g'risidagi PQ 300-son qarori talablariga muvofiq, yoshlar o'rtasida korrupsiyaga nisbatan mutlaqo murosasiz munosabatni shakllantirish, korrupsiyadan xoli jamiyat yo'lida amalga oshirilayotgan chora tadbirlarni keng ommaga yetkazish borasida samarali targ'ibot ishlarini tashkil qilish maqsadida, Korrupsiyaga qarshi kurashish haftaligi doirasida, univesitetning sirtqi ta'lim yo'nalishida taxsil olayotgan talabalarga “korrupsiya taraqqiyot kushandasi” mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

Davra suhbatida universitetning, Talabalar orasida ijtimoiy-ma'naviy muxit barqarorligini ta’minlashga ma’sul bo‘lgan rektor maslahatchisi Z.Shodmonov, Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi boshlig‘i F.Turayev hamda universitet profilaktika inspektori kapitan, B.Nayimovlarning sirtqi ta’lim yo‘nalishida taxsil olayotgan talabalarga manfaatlar tuqnashuvi va korrupsiya holatlarining oldini-olish va unga qarshi kurashish mavzusida ma'ruzalar oʻqib eshittirildi mavzuga oid tegishli koʻrsatmalar va tushunchalar berib oʻtildi.  

Shuningdek korrupsiyaga nisbatan mutlaqo murosasiz munosabatni shakllantirish, korrupsiyadan xoli jamiyat yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tushuntirish olib borildi.

Qabul qilingan qonun va meyyoriy hujjatlarning samarali ijrosini taʼminlash, jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish maqsadida Prezidentning 2023-yil 27-noyabrdagi PF-200-son Farmoniga 1-ILOVA bilan tasdiqlangan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2023-2024-yillarga mo‘ljallangan “DAVLAT DASTURI” to‘g‘risida tushuntirish va targ‘ibot ishlari amalga oshirildi. 


Axborot xizmati

Report Page