“KO‘RINMAS YOVDAN EHTIYOT BO‘LISh KERAK...”

“KO‘RINMAS YOVDAN EHTIYOT BO‘LISh KERAK...”


FOTOJAMLANMA

Xo‘jaobod va Buloqboshi tumanlarida “Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filialining mutaxassislari hamda uy ichi gaz jihozlariga xizmat ko‘rsatish chilangarlari tomonidan hududlardagi ko‘p qavatli uylar, aholi xonadonlari, ijtimoiy soha ob'ektlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, is gazining kelib chiqishi va uning oqibatlari, gazdan oqilona foydalanish hamda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlari amalga oshirildi. Xususan, Xo‘jaobod tumanidagi zaif eshituvchi bolalar maktab-internati hamda Buloqboshi tumanidagi 3-umumiy o‘rta ta'lim maktablarida o‘quvchilar va ustozlar bilan uchrashuvlar tashkil etilib, unda is gazi hamda uning oqibatlari haqida, bolalarning gaz va o‘t bilan o‘ynamaslik kerakligi tushuntirildi.

“Is gazi rangsiz va hidsiz bo‘lgani uchun, ko‘rinmas yovga o‘xshaydi, undan doim ehtiyot bo‘lmog‘imiz zarur – deydi “Hududgaz ANdijon” gaz ta'minoti filialining mehnat muhofazasi va sanoat xafvsizligi bo'limi boshlig'i Muhammadsoli Qosimov. - Iste'molchilar bilan uchrashuvlarda mavsumning kirib kelishi bilan tabiiy va suyultirilgan gaz bo‘lgan ehtiyojning ortishi, ko‘mir, o‘tin chala yonganda is gazining hosil bo‘lishi hamda uning oqibatlari hatto o‘limgacha olib kelish mumkinligi haqida batafsil tushuntirmoqdamiz...”

Targ‘ibot ishlari boshqa hududlarda ham davom ettirilmoqda. 

“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati



Report Page