KO’KRAK SUTINI KO’PAYTIRISH
Planbaby_consult
Farzand dunyoga keltirgan deyarli har bir ayol uni ko’krak suti bilan oziqlantira oladi va oziqlantirishi kerak. Afsuski, har doim ham shunday bo’lavermaydi. Bu faqatgina ayolning emizishni istamasligi sababli emas. Ba’zi ayollarda gipogalaktiya (yunoncha hypo — «kam» va gala — «sut» so’zlaridan olingan) yoki sut bezlari tomonidan sut ishlab chiqarilishi kamayishi kuzatilishi mumkin.
TO’G’RI OVQATLANISH + STIMULYATSIYA
Tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, gipogalaktiya sabablari orasida oziq-ovqat omili katta o’rin egallaydi. Shuning uchun, birinchi navbatda onaning ovqatlanishini ratsionalizatsiya qilish kerak. Homilador ayollar va emizikli onalarning ratsioni ular organizmining vitamin va mineral komponentlariga bo’lgan ehtiyojni qondira olishi alohida ahamiyatga ega. Suyuqlik ichish tartibini unutmaslik kerak — kuniga 1,5 litrdan 2 litr, shu jumladan, taomnomaning suyuq ovqatlari hisobga olgan holda. Laktogen, ya’ni, sut ishlab chiqarilishini ko’pyatiruvchi oziq-ovqat va ichimliklar, fizioterapevtik muolajalar va dori-darmonlar, vitamin-mineral komponentlar, BFQ buyurilishi talab qilinishi mumkin.
Biz ko’krak sutini ko’paytiruvchi mahsulotlarini sanab o’tamiz. Maxsuslashtirilgan mahsulotlar shartli ravishda beshta guruhga ajratiladi (jadvalga qarang).
RATSIONNI ASOSIY OZIQ-OVQAT OMILLARI BO’YICHA TUZATUVCHI PREPARATLAR
«Femilak» tarkibida sut oqsillari mavjud bo’lib, u ayniqsa muhim modda — ona sutida mavjud bo’lgan taurin, shuningdek 15 vitamin, jo’xori yog’i bilan boyitilgan. Homiladorlik davrida «Femilak» mahsulotini qo’llash bo’lajak ona sog’lig’iga va homilaning to’g’ri rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi, emizishda ko’krak suti yetarlicha bo’lishiga yordam beradi va ona sutining tarkibini yaxshilaydi. «Enfa-Mama», «Dumil Mama Plus» — shunga o’xshash mahsulotlar, ammo ularning tarkibida taurin yo’q.