KO‘K NO‘XAT

KO‘K NO‘XAT

t.me/ykfoundation

Ahamiyati. Ko‘k no‘xat oziq - ovqatda va mollarga ozuqa tayyorlashda qo‘llaniladi. Urug‘ida 20-26 % oqsil bo‘ladi. Urug‘i to‘yimli ozuqa 1 oziq birligiga 120-185 gr oqsil to‘g‘ri keladi. Sabzavot konserva ishlab chiqarishda (ko‘k no‘xat) qo‘llaniladi. Silosning sifatini oshirish uchun qo‘shiladi. Ko‘k no‘xat 70-100 kg azot to‘playdi, tuproqda organik modda ham qoldiradi (ildiz, poya, barg).

Navlari: O‘zbekistonda dala ko‘k no‘xatining “Vostok-55”, “Vostok-84”, “Usatiy-90” navlari ekiladi.

O‘tmishdosh. Ko‘k no‘xat kuzgi don ekinlaridan, kartoshka, qand lavlagi, makkajo‘xoridan bo‘shagan yerlarga ekiladi. Dukkakli ekinlardan bo‘shagan yerlarga ekilmaydi va bir ekilgan dalaga 5-6 yildan keyin qayta ekish kerak. Kuzda 25-27 sm. chuqurlikda yer qaydaladi, erta bahorda borona yurgiziladi. Ekishdan­ oldin yoppasiga kultivatsiya qilinadi, keyin borona va talab qilinsa mola bostiriladi. Ko‘k no‘xat kuzda oraliq ekin sifatida ham ekiladi. Kuz-gi don ekinlariga yer qanday tayyorlansa, shunday tayyorlanadi.

  O‘g‘itlash. Bir tonna urug‘ va tegishli barg - poya yetishtirish­ uchun 45-60 kg sof modda hisobida azot, 16-20 kg fosfor, 30 kg kaliy, 25-30 kg kalsiy, 8-13 kg magniy sarflanadi. Erkin azotni o‘zlashtirish xususiyatini nazarda tutib gektariga 20-30 kg azot, 60-80 kg fosfor va 30-40 kg kaliy sof modda hisobida solish tavsiya qilinadi. Fosforli va kaliyli o‘g‘itlar yer haydashdan oldin solinadi, azotli o‘g‘it ekishdan oldin va o‘suv davrida solinadi.

Ekish. Sifati bo‘yicha 1 sinfga javob beradigan urug‘ ekish (tozaligi 99%, unuvchanligi 95%) maqsadga muvofiqdir. Ko‘k no‘xat erta ko‘klamda bahorgi don ekinlari bilan bir vaqtda ekiladi. Gektariga 0,8-1,4 mln. dona miqdorida urug‘ ekiladi. Yirik donli navlar gektariga 240-300 kg ekiladi, mayda donli navlar 150-200 kg miqdorida ekiladi. Bu miqdorlar suvli yerlarda yoppasiga qator-lab ekish uchun tavsiya qilingan. Lalmi yerlarda ko‘k no‘xat keng qatorlab ekiladi, qator orasi 45 sm, ekish me’yori 60 kg.

  Poyasi egiladigan navlar poyasi tik o‘sadigan ekinlar bilan qo‘shib ekiladi, bo‘lmasa hosilni yig‘ib olish juda qiyin. Aksariyat xolda arpa yoki suli qo‘shib ekiladi. Ekish me’yori asosiy ekish me’yoridan 15-20 % ekiladi.

Parvarishlash. O‘suv davrida jo‘yaklar olinib (orasi 60 - 70 sm), 1-3 marta sug‘oriladi. Maysalanish davrida qatqaloqqa qarshi boronalanadi. Maysalanish davrida begona o‘tlarga qarshi 48% li bazargan 2-3 litr qo‘llanadi. Kasallik va hasharotlarga qarshi ruhsat etilgan kimyoviy moddalar ishlatiladi.

Hosilni yig‘ishtirish. Dukkaklarning 60-70% yetilganda hosil o‘riladi, don kombaynlar yordamida yanchiladi. Dukkagi chatnam-aydigan navlar kech o‘rilishi mumkin. To‘la pishgan davrida oson yanchiladi. Doni 14-16% namlikda saqlanadi.

  Iqtisodiy samarasi. 10 sotix maydonga 25 kg ko‘k urug‘i uchun 8 ming so‘mdan 200 ming so‘m sarflanadi. Umumiy xarajat-lar 500 ming so‘mni tashkil etadi. Hosilning bir kilogrammi 6 000 so‘mdan sotilganda (o‘rtacha 10 sotixdan 200 kg hosil olinadi) 1 200 ming so‘m bo‘ladi. Shunda 10 sotix maydondan 700 ming so‘m sof foyda olish mumkin.

Menyuga qaytish.

Report Page