KODIAQ O‘zbekistonda shunchalik qimmatmi?

KODIAQ O‘zbekistonda shunchalik qimmatmi?

ŠKODA Uzbekistan


Do‘stlar, yaqinginada yangi, to‘liq o‘lchamli ŠKODA Kodiaq krossoverini taqdim etgandik. Barchaga modelimizga bo‘lgan qiziqishlari uchun minnatdorchilik bildiramiz!

Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilaridan O‘zbekistondagi va boshqa mamlakatlardagi ŠKODA Kodiaq modeli narxlarini qiyoslash borasida ko‘plab savollar oldik, shu sababli, sizga qulay bo‘lsin uchun, taqdim etilgan komplektatsiyalarning batafsil qiyosini tayyorladik.

Avtomobil narxini qiyoslashda qator muhim jihatlar, aynan – mos keluvchi komplektatsiyalar, dvigatel turlari, uzatmalar qutisi, to‘liq uzatma va qo‘shimcha opsiyalar mavjudligini qiyoslash kerakligiga e'tiboringizni qaratmoqchimiz.

O‘zbekistonga dvigatel sig‘imi 2,0 l., turbo quvvati 180 o.k., yevro-4 standartili, mamlakat iqlimiy va foydalanish sharoitlariga moslashtirilgan ŠKODA Kodiaq avtomobili yetkazib beriladi.

Shu sababli, bu holatda sig‘imi 1,4 litrli turbo, quvvati ancha kam – 125 o.k.li bazaviy dvigatel bilan qiyoslash noto‘g‘ri bo‘ladi. Bundan tashqari, bu dvigatel yevro-6 standartiga ega va uning O‘zbekistonga hozirgi paytda yetkazib berilishi, kerakli yevro-5 va undan yuqori benzin sotuvchi avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari (AYoQSh) yetarli emasligi sababli, maqsadga muvofiq emas.

Boshqa muhim band – uzatmalar qutisi. O‘zbekiston uchun 2,0 litr sig‘imli avtomobillar DSG-7 7 bosqichli avtomatik uzatmalar qutisi bilan jihozlanadi, bahslarda esa, ko‘pincha uni mexanik 6 bosqichli uzatmalar qutisi bilan qiyoslashadi.

Shuni ham aytish kerakki, O‘zbekiston uchun avtomobillar 4x4 to‘liq uzatma bilan jihozlanadi, Rossiyada esa faqat old g‘ildirakka uzatmali avtomobillar mavjud.

O‘zbekiston uchun avtomobillar, bozordagi raqobat va xaridorlar xohishlarini hisobga olib, Ambition yoki Style komplektatsiyasiga kiruvchi standart opsiyalardan tashqari,  qator qo‘shimcha opsiyalar bilan ham jihozlanadi va bu ham yakuniy narxga ta'sir ko‘rsatadi.

Ularga uchinchi o‘rindiqlar qatori, manzarali tom, xotira funksiyasiga ega charm salon, 360 darajali gir aylana ko‘rish kamerasi, rang tanlash imkoniyati va boshqa ko‘plab jihatlar kiradi.

O‘zbekistondagi ŠKODA Kodiaq avtomobillari va Rossiyadagi shunday jihozlangan Rossiyadagi avtomobillar narxlarini qiyoslash:

Kodiaq Ambition:

O‘xshash komlektatsiyaga ega Kodiaq Ambition'ning RFdagi narxi:

https://cars.skoda-avto.ru/detail/70c3cc4f-a0c7-49d2-8713-8d8da93aed08#detail-car-info

Kodiaq Style:

O‘xshash komlektatsiyaga ega Kodiaq Style'ning RFdagi narxi:

https://cars.skoda-avto.ru/detail/9b156a8f-ad4e-4d8e-97ac-36bd0f8ba143#detail-car-info

Biz barcha savollaringizga javob berishdan doimo mamnunmiz va konstruktiv muloqot uchun ochiqmiz!

*Hisob-kitoblarda quyidagi AQSh dollari kurslariga asoslanildi:

O‘zbekiston so‘mi – 10 500

Rossiya rubli – 75

Report Page