KNAUF-Tifengrund

KNAUF-Tifengrund

KNAUF Uzbekistan

Chuqur singadigan mustahkamlovchi gruntovka


Qo'llanish sohasi

KNAUF-Tifengrund - polimer dispersiya asosida tayyorlangan, tez

quriydigan, bug'o'tkazuvchan, foydalanishga tayyor gruntovka.

Yuzaning mustahkamligini oshirish, singdiruvchanligini kamaytirish va

yakuniy bosqich qatlamining unga bo'lgan adgeziyasini yaxshilash

(shpaklyovka, bo'yoq, gulqog'oz, qoplama plitkalari) uchun mo'ljallangan.

O'zining yuqori darajadagi singuvchanlik xususiyati tufayli mayda g'ovak

materiallarni gruntovkalashga yaxshi mos keladi.

■ Gipskarton va gipstolali qoplamalar;

■ Gips va sement suvoqlar;

■ Paz-taroqli gipsli plitalar;

■ GQP-A, GQP-H2 choklarini faska hosil qilib, gips suvoq bilan suvashdan

oldin;

■ Gips va sement styajkalar.

Bino ichkarisidagi va tashqarisidagi ishlar uchun.


Qadoq va saqlov

Gruntovka 10 va 5 kilogrammli chelaklarga qadoqlanadi. Qadoqni bevosita

quyosh nurlari ta'siridan saqlang. Musbat haroratda (+5 °С darajadan

+30 °С darajagacha) quruq xonalarda, isituvchi moslamalardan uzoqda

saqlansin. Muzlab ketishiga (xususan tashish paytida ham) yo'l qo'ymang.

Muzlashga chidamli retsepturaga ega gruntovkani (chelagida tegishli

belgiga ega) quruq bino ichida saqlash va -40 °С darajadan +30 °С

darajagacha bo'lgan haroratda tashishga ruxsat etiladi. Gruntovka muzlab

qolgan taqdirda, qo'llashdan oldin uning erishini isituvchi moslama yoki

issiq suv yordamida tezlashtirish mumkin emas. Bunday qilish

gruntovkaning buzilishiga olib keladi. Gruntovkani faqat xona haroratida

eritish kerak. Qo'llashdan oldin yaxshilab aralashtirilsin. Muzlashga

chidamli retseturaga ega gruntovka ochilmagan zavod chelagida 5 ta

muzlash va erish sikliga dosh bera oladi. Muhri buzilmagan va

shikastlanmagan qadoqda saqlash muddati—12 oy.


Gruntovka sarfi

Bir qavat qilib surtilganda sarfi.

Ishlar tartibi

Asos toza, changlardan va ajraluvchi zarralardan xoli bo'lishi kerak. Havo

va ishlov beriladigan asosning harorati gruntovka to'liq quriguniga qadar

+5 °C darajadan +30 °С darajagacha bo'lishi kerak. KNAUF-Tifengrund

gruntovkasi qo'llanilish uchun tayyor. Ishlarni bevosita boshlashdan avval

tarkibni aralashtirish, keyin bir tekis holatda, suv bilan suyultirmasdan,

valik, cho'tka, popuk yordamida ishlov berilayotgan yuzaga bir tekis surtish

tavsiya etiladi. Yuqori gigroskopik yuzalarni zaruratga qarab ikki marta

gruntlang. Bo'yoq ostidagi asosga suv bilan 1:1 tartibda aralashtirilgan

KNAUF-Tifengrund bilan ikki marta ishlov berish tavsiya etiladi.

Gruntovka bilan ishlov berilgan yuza bilan bog'liq keyingi ishlar, u

quriganidan (kamida 3 soatdan) so'ng bajarilsin. Asos yuzasiga qurilish

changi yig'ilib qolishining oldini olish uchun gruntovka qurishining yakuni

va keyingi ishlar boshlanishi vaqtining oralig'i iloji boricha kam bo'lishi

kerak. KNAUF-Tifengrund yuzaga surtilgach, ishlatilgan asboblar

va idishlarni darhol suv bilan yuvilsin. Qurib qolgan KNAUF-Tifengrund

tarkibini faqat mexanik usulda olib tashlash mumkin. Gruntovkaga boshqa

materiallarni qo'shish mumkin emas, aks holda bu uning xususiyatlariga

sezilarli putur yetkazadi.

--------

Ruscha versiya

Report Page