KLINIKA XIZMATLARI

KLINIKA XIZMATLARI

@ginekologim

 

Ota-ona bo‘lish – bebaho ne'mat,

 shubhasiz barcha insonlar bunga loyiq.

Ekstrakorporal urug‘lantirish – ko‘pchilik befarzand juftliklarning ota-ona bo‘lish orzusini ro‘yobga chiqarishga yordam beruvchi zamonaviy usul

 

 Bizning klinikada quyidagi xizmatlar amalga oshiriladi:

 

·      EKU (erkak va ayollar bepushtliklarida)

·      Bepushtlikni tashxislash va davolash

·      Bachadon ichi inseminasiyasi

·      IKSI (spermatazoidni intrasitoplazmatik in'eksiyasi)

·      Spermatazoidlar aspiratsiyasi (TESE, TESA, PESA, MESA)

·      Implantasiyaoldi genetik tashxis

·      Embrion kriokonservasiyasi

·      Tuxum hujayra kriokonservasiyasi

·      Spermatazoidlar kriokonservasiyasi

·     Ovulyasiya induksiyasi (tuxumdonlar stimulyasiyasi)

·      Ul'tratovush tekshiruvi (UZI)

·      Spermogramma

·      va boshqa tibbiy xizmatlar

 

 Sizning tashvishingizni umidga, umidingizni ro‘yobga chiqarish uchun sizni kutamiz

BEPUSHTLIK (INFERTILITE)

Bepushtlik – bu muntazam jinsiy hayot bilan yashayotgan tug‘ish yoshidagi oilaviy juftliklarda bir yil davomida homiladorlikning kuzatilmasligidir. 85% oilaviy juftliklarda, homiladorlik odatda birgalikdagi turmushning birinchi yilida kuzatiladi.

Bepushtlik muammosi o‘rtacha 35-40% hollarda erkaklar bepushtligi bilan bog‘liq, 40-50% hollarda ayollar organizmidagi buzilishlar natijasida kelib chiqadi. 20-25% hollarda erkaklar va ayollar bepushtligi bilan birgalikda kechadi. Afsuski, klinik sog‘lom odamlar orasidagi befarzand nikohlarning 10-15%ida bepushtlik sabablari noaniq bo‘ladi.   

 

EKU ( EKSTRAKORPORAL URUG‘LANTIRISH)

 EKU – ekstrakorporal urug‘lantirish yoki sun'iy muhitda urug‘lantirish (ingl. in vitro fertilisation) – bu yordamchi reproduktiv texnologiya usuli bo‘lib, u ayol organizmidan tuxum hujayrani (oosit) chiqarib olib, sun'iy muhitda, ya'ni naychada erkakdan olingan sperma bilan urug‘lantirib keyinchalik hosil bo‘lgan embrionni bachadon bo‘shlig‘iga ko‘chirishdan iborat. Klinikamiz mutaxassislarining malakasi va professional tajribasi hamda zamonaviy tarzda jihozlangan EKU laboratoriya va yangi texnologiya qisqa muddat ichida orzu qilingan natijaga erishish uchun xizmatingizda bo‘ladi.

 

  BACHADON ICHI INSEMINASIYASI

Inseminasiya ayolning bachadoniga oldindan olingan namunadan saralangan spermatozoidlarni maxsus kateter yordamida yuborish hisoblanadi.

 Muolaja o‘tacha 5 - 10 daqiqa davom etadi. Muolaja tugagandan keyin ayol pasient yotgan (gorizontal) holatda 15-20 daqiqa qolishi kerak.

 

SPERMATOZOIDLARNING INTRASITOPLAZMATIK INYEKSIYASI (ICSI)

SISI (IKSI) – oldindan saralab olingan tirik spermatozoidlarni mikroskop ostida tuxum hujayraga maxsus mikrojarrohlik asboblari yordamida kiritish usuli. EKUda SISI muolajasi, qachonki EKU sikllarida urug‘lantirishning ikki yoki undan ko‘p omadsiz urinishlarida, spermada spermatozoidlar miqdori va harakatchanligi pasaygan vaqtlarda qo‘llaniladi. Ushbu usul orqali erkaklar bepushtligining murakkab va hatto davolanmaydigan shakllarida, 1-2 ta spermatozoidlar aniqlanganda ham homiladorlik vujudga kelishi mumkin. Bunday hollarda tirik spermatozoidlar urug‘dondan chiqarib olinadi, so‘ngra SISI yordamida urug‘lantirish o‘tkaziladi.

 

YORDAMCHI XETCHING (ASSISTED HATCHING)

Yordamchi xetching muolajasi sun'iy maxsus kesimtalarni qo‘llash yoki embrionning shaffof qatlamining kichik bir qismini olib tashlashga asoslangan. Bu usul orqali embrionning ichki qobig‘i (zona pellucida) qalinlashganda, embrionga undan chiqishiga yordam beriladi. Bu usul homiladorligi muvaffaqiyatsiz yakunlanishi shubha qilingan bemorlar urug‘lantirilganda, masalan, yoshi katta ayollarda, oldin sun'iy urug‘lantirish urinishlari muvaffaqiyatsiz tugaganlarda yoki shaffof qatlam me'yordan qalin bo‘lganlarda qo‘llaniladi. Hozirgi vaqtda xetching eng xavfsiz yo‘l bilan, bir necha xil texnikalarni qo‘llash orqali o‘tkaziladi (mexanik, kimyoviy va lazerli).

EMBRIONLARNING KRIOKONSERVASIYaSI (FREEZING)

EKUning bir necha sikllarini o‘tkazishda ko‘p hollarda tuxum hujayralarning katta miqdori yetiladi, urug‘lantirishda, odatda ko‘p miqdordagi embrionlar olinadi. Bu “eng yaxshi” embrionlarni kriokonservasiyalash (muzlatib qotirish) va uzoq vaqt suyuq azotda -196°S da saqlash mumkin. Kriokonservasiyalangan embrionlar uzoq vaqt, cheklanmagan muddat saqlanishi mumkin (saqlash muddati bemor ayol bilan yoki er-xotin juftligi bilan muhokama qilinadi).

 

IMPLANTASIYAOLDI GENETIK TASHXIS (IGT- rus. PGD)

Irsiy yoki xromosoma anomaliyali ega ayollar homiladorligidan oldin tuxum hujayralarda yoki embrionda kasallik borligini tekshirish katta yordam beradi. Ushbu muolajalar “in vitro” urug‘lantirish dasturi doirasida albatta o‘tkaziladi. Tekshirish o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan irsiy materialni yordamchi reproduktiv laboratoriya texnikasi yordamida olish mumkin.         

Embrion irsiy xarakteristikasining tashxis usullarining barchasi, bachadon bo‘shlig‘iga irsiy sog‘lom material o‘tkazish uchun xizmat qiladi. PGD li EKU muolajasi 35 yoshdan katta ayollarga va oilasida ma'lum irsiy kasalliklari bo‘lgan ota-onalarga, bola tushishlar kuzatilgan va avval ekstrakorporal urug‘lantirish samara bermaganlarga buyuriladi. PGDdan foydalanish EKUni muvaffaqiyatli o‘tkazish ehtimolini oshiradi va farzandning yaxshi genotip bilan tug‘ilish imkoni sezilarli ravishda orttiradi.

 

OVULYASIYA INDUKSIYASI

Ovulyasiya induksiyasi yoki tuxumdon stimulyasiyasi – bu tabiiy yo‘l bilan homilador bo‘lish uchun bitta hayz siklida bir yoki bir nechta yetilgan tuxum hujayra olish uchun tuxumdonlarni gormonal stimulyasiya qilishdir. Ushbu muolaja follikula o‘sishini va endometriy (bachadon ichki shillq qavati)ning rivojlanishini ul'tratovush tekshiruvi orqali nazorat qilib borish bilan amalga oshiriladi. Unda gormonal preparatlar qo‘llaniladi. Asosan tuxum hujayra yetilishi buzilishi, hayz muddatining uzoq davom etishi va tuxum hujayra yetilishining kechikishi, lyutein fazasi yetishmovchiligida, tuxumdon polikistozida, endokrin omil sababli yuzaga kelgan bepushtlik turlarida mazkur usuldan foydalaniladi. Usulning samaradorligi bitta sikl uchun 10–20%, bir nechta (3-6) sikl davolanish uchun esa 40–60% ni tashkil qiladi (agar bepushtlikka boshqa yondosh sabablar bo‘lmasa). Ovulyasiya induksiyasi bachadon ichiga inseminasiya qilish va EKU amaliyotining ham bir tarkibi hisoblanadi

 

 ULTRATOVUSH TEKSHIRUVI

Kichik tos a'zolari ul'tratovush tekshiruvi ayolda yoki homilada biror nuqson bor-yo‘qligini exografik belgilar asosida vizual aniqlash uchun amalga oshiriladi. UTT abdominal (qorindan) sezgir uchlik yordamida yoki transvaginal (qin ichidan) bajarilishi mumkin. Abdominal UTT uchun tekshiruvga to‘liq qovuq (siydik qopchasi) bilan oldindan 1 litr atrofida suv ichib kelish kerak. To‘la qovuq bachadon va tuxumdon tiniq ko‘rilishini ta'minlaydi. Transvaginal UTT da esa aksincha qovuq bo‘sh bo‘lishi kerak. Transvaginal UTTga quyidagi holatlarda ko‘rsatma beriladi:

·      homiladorlik (erta muddatlarda);

·      bachadon va tuxumdon kasalliklari;

·      bepushtlik;

·      hayz sikli buzilishi;

·      chov qismda og‘riqlar;

·      o‘sma va kistalar bo‘lish ehtimoli;

·      bachadon ichi spiralini ko‘rish;

 

 SPERMOGRAMMA

Spermogramma - bu erkak kishining pushtdorligini, ya'ni spermatozoidlarning ayol tuxum hujayrasini urug‘lantirish layoqatini baholash hamda erkak jinsiy tizimidagi kasalliklar bor-yo‘qligini tashxis qilish uchun o‘tkaziladigan spermaning laboratoriya tekshiruvidir.

 Spermagramma uchun maniy (urug‘ suyuqligi) topshirish qoidasi:

·      3-5 kun jinsiy aloqadan saqlanish;

·      spirtli ichimliklar va dori vositalari iste'molidan saqlanish (tahlil topshirishdan kamida bir hafta oldindan);

·      issiq hammom va sauna qabul qilmaslik (tahlil topshirishdan 7−10 kun oldindan);

 

 SPERMATOZOIDLAR ASPIRATSIYA

 ( MESA, PESA, TESA, TESE)

Ayrim kasalliklarda spermatozoidlarni faqatgina yorg‘oq ichidan chiqarib olish mumkin, chunki bunda maniyda (urug‘ suyuqligida) spermatozoidlar yetarlicha miqdorda yoki umuman bo‘lmaydi. Bu holat azospermiya deyiladi.

 Erkak jinsiy hujayrasini chiqarib olishning bir necha xil jarrog‘lik usullari mavjud. Bu pasientning reproduktiv tizimi holatiga qarab tanlanadi.

 

 TESA (yorg‘oq biopsiyasi, yorg‘oqdan spermatozoidlarning teri orqali ingichka ignali aspiratsiyasi)

 Bu spermatoziodlarni jarrohlik yo‘li bilan chiqarish eng ko‘p tarqalgan muolaja usulidir. Og‘riqsizlantirish o‘tkazilgan ingichka igna yordamida yorg‘oqdan kichik miqdorda to‘qima ajratib olinadi. Keyin mikroskop ostida spermatozoidlar borligi aniqlanadi. Shundan keyin EKU va IKSI muolajalari uchun ishlatish mumkin bo‘ladi. TESA amaliyoti azospermiyaning obstruktiv turi uchun qo‘llaniladi. Bu muolaja yana pasient mastrubasiya yo‘li bilan sperma namunsi chiqarib ololmagan taqdirda ham qo‘llaniladi. Mazkur usul kam shikast yetkazadigan usul hisoblanadi.

 

 PESA (yorg‘oq ortig‘idan spermatozoidlarning teri orqali aspiratsiyasi)

 Bu ham kam jarohat yetkazadigan usuldir. Ushbu usul pasientda obstruktiv azospermiya holati kuzatilgandagina qo‘llaniladi. To‘qima namunasi bevosita epididimisdan (yorg‘oq ortig‘idan) chiqarib olinadi. Bu muolaja uchun ham kichik igna ishlatiladi. Mazkur usul sifatliroq spermatozoidlarni olishga imkon beradi. Ular yorg‘oqdan ko‘ra yorg‘oq ortig‘ida nisbatan harakatchan bo‘ladi.

 

TESE (yorg‘oqdan spermatozoidlarni ekstraksiya qilish usuli)

 Bu jarohatli (invaziv) usul sanaladi. U noobstruktiv azrspermiya va uning og‘ir ko‘rinishlari kuzatilgan pasientlarda qo‘llaniladi. To‘qima mikroskop ostida tekshiriladi. TESE usulida yorg‘oq jarrohlik yo‘li bilan ochiladi. Yorg‘oqning har bir qismi spermatozoid mavjud bo‘lish ehtimoli ko‘proq bo‘lgan sog‘lom to‘qima topish maqsadida batafsil tekshiriladi.

 

 MESA (yorg‘oq ortig‘idan spermatozoidlarning mikrojarrohlik aspiratsiyasi)

 MESA usuli urug‘ chiqadigan kanallar bo‘lmaganda yoki tiqinlar yuzaga kelganda yorg‘oq ortig‘ida jarrohlik amaliyoti o‘tkazish orqali bajariladi.

 

 GINEKOLOG MASLAHATLARI

 Ayol salomatligi muhim va bir vaqtda nozik masala. Uni nafaqat asrash kerak, balki onaning, rafiqaning, qizning salomatligiga butun oilaning baxti va xuzuri bog‘liq bo‘ladi.

 Taniqli akusher-ginekolog va reprodutolog Jixangir Chakiji rahbariligida "Ankalife ECO Center" klinkasining yuqori malakali mutaxassislari sizni qiynayotgan muammoning sababini tekshirish va sizdagi holatga aniq tashxis qo‘yishga yordam beradi va tegishli davo choralarini amalga oshiradi.

Bizning klinkamiz mutaxassislari quyidagi xizmatlarni amalga oshiradilar:

 bepushtlikni tashxislash va davolash;

 hayz sikli buzilishini tashxislash va davolash;

 gormonal nomutanosiblikni tashxsilash va davolash;

 davolashda yordamchi reproduktiv texnoloiyalarni qo‘llash;

 kichik tos a'zolarining batafsil ul'tratovush tekshiruvi UTT.

 

ORTGA QAYTISH

Report Page