KITOBXONLIK HAFTALI

KITOBXONLIK HAFTALI


Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi O‘zbekiston tuman bo‘linmasi, tuman Axborot-kutubxona markazi va tuman hokimligi hamkorligida, O‘zbekiston tumani madaniyat markazida "Kitobxonlik haftaligi"ga start beruvchi madaniy-ma’rifiy bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbirga tuman hokimi Sherzodjon Yuldashev, yoshlar masalalari bo‘yicha hokim o‘rinbosari Muslimbek Ahmedov, tuman XTB mudiri Nargizaxon Siddiqova, Ma’naviyat va ma’rifat markazi O‘zbekiston tuman bo‘linmasi rahbari Shohruxbek Shokirov, tuman Yoshlar ishlari agentligi rahbari Ulug‘bek Razzoqov va “Yosh kitobxon oila – 2021” respublika tanlovi g‘olibi Abdullajon Niyozmetovlar tashrif buyurdilar.

Tuman kitobxonlari va yoshlar vakillari katta qiziqish bilan kutib olayotgan navbatdagi haftalikning ochilish marosimida tuman hokimi Sherzodjon Yuldashev so‘zga chiqdi. 

Muhammadfozil va Kamronmirzo Ismoilovlar, Аbdullajon va Umidaxon Niyozmetovlar, Sarvinoz Аbdulxamidova kabi ko‘plab kitobxonlar yurti hisoblanmish tumanda mazkur haftalik katta quvonch va qizg‘in taassurotlarga boy o‘tishi qayd etildi. Beminnat ustoz, millatning madaniy va ma’naviy merosi hisoblangan kitobning ahamiyati haqida so‘zlagan tuman rahbari, haftalik doirasidagi o‘tkaziladigan tadbirlarda barchaga omad va zafarlar tiladi. 

Tadbir davomida kitobxon yoshlarning nazmiy va nasriy, badiiy chiqishlari, milliy raqslar, kitob ko’rgazmalari ishtirokchilar e’tiboriga havola qilindi.





Report Page