KITOBXON ONA - KITOBXON BOLA

KITOBXON ONA - KITOBXON BOLA

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo'linmasi

Bugun, Kogon tumanidagi "Sorg'un" mahalla fuqarolar yig‘inida "Obod xonadon", "Obod ko'cha", "Obod mahalla" mezonlari asosida "Yo'l xaritasi"ga muvofiq 7- maktabda "Kitobxon ona-kitobxon bola" tanlovi tuman hokimligi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo'linmasi, maktab va maktabgacha ta'lim bo'limi, tuman yoshlar ishlari agentligi, tuman axborot kutubxona markazi bilan hamkorlikda o'tkazildi.

Tanlovni Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Kogon tuman bo'linmasi rahbari, ochib berib, nomzodlar ishlarini ko‘rib chiqishda adolat mezonlariga eʼtibor berilishi, bildirib, ishtirokchilarga omad tiladi.

Ma’naviyatni yuksaltirish, yoshlar o’rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, kitob mutolaasi insonni ma’naviy kamolot sari yetaklashini, insonni har tomonlama yetuk, komil shaxs sifatida shakllanishidagi o’rni nihoyatda beqiyosdir

Mamlakatimiz rahbarining kitob, kitobxonlik madaniyatini yaxshilash to‘g‘risida kuyunib gapirayotganliklarining chuqur falsafasi bor. Birinchidan, kitob insonni yerdan ko‘kka ko‘taruvchi, uning ma'naviy quvvatini oshiruvchi buyuk kuch. Ikkinchidan, kitob insoniyatning tarixiy xotirasi, barchamizni o‘z ma'naviy-ma'rifiy, ilmiy zaminimizni mustahkamlovchi, kelajakni yorqin ko‘rsatib borishga qodir mash'ala hisoblanadi. 

Shuning uchun ham bizning yurtimizda ilm olish, kitob yozish, ijod qilish har doim ham millatning mavjudligi va u nimaga qodir ekanligini ko‘rsatuvchi muqaddas tushunchadir. Arastu hakimdan Abu Ali Ibn Sinoga, Aflotundan-Abu Rayhon Beruniygacha, Jaloliddin Rumiydan- Alisher Navoiygacha, Sohibqiron Amir Temurdan-Muhammadsharif Gulxaniygacha yuzlab, minglab mutafakkirlarning shakllanishi, dunyoga tanilishi, zamonlar oshsada ahamiyati yo‘qolmaydigan tadqiqotu kashfiyotlari faqat va faqat kitob orqali yuz berdi.

Ularning bugungi avlod tomonidan chuqur o‘rganilishi, ular ilmiy-ma'rifiy bisotiga bot-bot murojaat qilishning sababi ham mutafakkirlarimiz tomonidan yaratilgan kitoblar tufaylidir. 

Tanlov komissiyasi aʼzolari tomonidan har bir qizlarning chiqishlarini, ularning tayyorlagan ishlari, egallagan yutuqlari, zabt etgan marralarini odilona baholandi.

G‘oliblar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Kogon tuman bo‘linmasi, tuman yoshlar ishlari agentligining diplom, qimmatbaho sovg'alari hamda faxriy yorliqlari kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandilar. Tadbirda. 7-maktab jamoasi faol ishtirok etishdi

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo'linmasi

Report Page