"KITOBXON OILA"
RAXMATILLAYEVNA
Joriy yilning 12 aprel kuni G'ijduvon tumanidagi 18-umumiy o'rta ta'lim maktabida "Kitobxon oila" ko'rik tanlovi o'tkazildi.

Tanlovda maktabning ma'naviy-marifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari S.Sharopova, maktabning ijodiy-madaniy masalalar bo'yicha targ'ibotchisi M.Mavlonova,maktab kutubxonachisi M.Yodgorova, O.Karimova,maktabning 8 nafar 3-sinf o'quvchilari va ularning onajonlari ishtirok etishdi.

Muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan ilgari surilgan 5 muhim tashabbus ijrosini ta'minlash, aholini kitobxonlikka keng jalb qilish maqsadida "Kitobxon oila" ko'rik tanlovi tashkil qilinganda bolajon va onalarining kitobga bo'lgan qiziqishlari ortibgina qolmay kutubxonaga qatnovlari oshdi.

"Kitobxon oila" ko'rik tanlovi 3 shart a'sosida tashkil qilinib, bolajonlar bilan birgalikda onajonlari ham bolajonlarini, ularning sinfi va oilasini himoya qilishga kirishishdi.

Kitobsevar oilalar tanlovda faol ishtirok etishgani uchun maktab ma'muriyatining estalik sovg'asi hamda maxsus DIPLOM bilan taqdirlanishdi.

