KITOB-OFTOB

KITOB-OFTOB


Мамуров Улугбек

Davlatimiz rahbari navqiron avlodga katta motivatsiya berib, umumxalq harakatiga aylangan besh muhim tashabbusni amalga oshirish uchun sharoitlarni yaxshilash masalasiga to‘xtalib: “O‘z tajribamdan kelib chiqib, sizlarga aytadigan maslahatim shu: ilmni qadrlang, ilmga intiling! Bir soniya vaqtingiz ham bekor o‘tmasin! Yoshlik – umrning eng bebaho davri. Ilm o‘tda yonmaydigan, suvda cho‘kmaydigan, hech kim sizdan tortib ololmaydigan boylik ekanini aslo unutmang!” deb ta’kidlagan so‘zlardan ruhlanib, BuxDU “Harbiy ta’lim” fakulteti ofitser-o‘qituvchilari talaba-yoshlarni kitobxonlikka qiziqtirish maqsadida, ya’ni Uslubiy sikl boshlig‘i, zaxiradagi katta leytenant Abduraxmonov Sherzod va Maxsus tayyorgarlik sikl boshlig‘i, zaxiradagi leytenant, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Asliddin Uzoqovlar Buxoro shahridagi 38-sonli umumta’lim muassasida tashkil etilgan kitob yarmarkasiga tashrif buyurib, shogirdlarining bilim olishiga undab, ijobiy motivsiya yaratish uchun kitoblar sovg‘a qildilar va talaba - yoshlarning kelajakdagi faoliyatlariga ulkan zafarlar tilab qoldilar.


Report Page