"KIM VATANGA SODIQ BO'LSA MENDIRMAN O'SHA"NOMLI VATANPARLIK FESTIVALI BO'LIB O'TDI.

"KIM VATANGA SODIQ BO'LSA MENDIRMAN O'SHA"NOMLI VATANPARLIK FESTIVALI BO'LIB O'TDI.

10 июня 2022 Psixolog..Асhilova Nigina

Ona yurtimiz har doim o‘zining mard, jasur yigitlari bilan faxrlanib kelgan. Yigitlarimiz ota-ona va oilasini, o‘zi yashayotgan yurt tuprog‘ini muqaddas bilib, Vatan himoyasi uchun doimo shay turishni burch deb hisoblagan. Ushbu bayramning nishonlanishi xalqimizning o‘z milliy armiyasiga nisbatan cheksiz hurmatini, alp yigitlariga nisbatan iftixorini bildiradi.Shu munosabat bilan Buxoro shaxar Yoshlar markazi oldida VATANPARLIK FESTIVALI katta tadbir sifatida nishonlandi.Bunda Pedagogika fakulteti Psixologiya ta'lim yo'nalishi talabalari hamda tyutor N.Achilova ishtirok etishdi.Qurolli Kuchlarning salohiyatini namoyish etish maqsadida o‘tkazilayotgan tadbir yoshlarga katta ta'surot qoldirdi.


Tadbir davomida qism harbiy xizmatchilari tomonidan tayyorlangan Jaloliddin Manguberdi jang sahnasi, qo‘l jangi ustalarining ko‘rgazmali chiqishi namoyish etildi. Tadbirga tashrif buyurgan yoshlar qurol-aslahalar, harbiy texnikalar bilan bevosita tanishdi.Albatta bunday tadbirlar yoshlarda vatanparvarlik tuyg’ularini shakllantirish, ularni ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashda, yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni saqlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni aholiga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etishi shubhasiz.







Report Page