🏢KHISO olimpiada maktabiga marhamat!

🏢KHISO olimpiada maktabiga marhamat!

KHISO olimpiada maktabi

🏆Oʻzbekistonning soʻnggi yilarda xalqaro olimpiadalarda gʻolib boʻlgan oʻgʻlonlari yosh iqtidorlar uchun maxsus dastur asosida olimpiada saboqlarini taklif etmoqda!

KHISO olimpiada maktabi

Darslarni soʻnggi yillarda xalqaro va respublika olimpiada gʻoliblari maxsus dastur asosida olib borishadi. A daraja (5-6 sinf) va B daraja (7-8 sinf) oʻquvchilari asosan IMC musobaqasiga tayyorlansa, C daraja (9-11 sinf) oʻquvchilari respublika va xalqaro olimpiadalar (IMO, IZHO, CMO) uchun tayyorlanishadi.

Darajalar va sinflar bogʻlikligi

A va B darajalar uchun darslar haftasiga 3 marta, C daraja uchun esa darslar haftasiga 6 marta oʻtkaziladi:

Darslar jadvali

Har yakshanbada aynan xalqaro standartlar asosida sinov olimpiadasi (MOCK test) oʻtkazilib, natijalar tahlil qilinadi.

Sinov olimpiadalari jadvali

Sinov olimpiadalarida oʻquvchilarning ishlari (xalqaro standart boʻyicha) tekshirilgunga qadar topshiriqlar yechimlari boʻyicha master classlar oʻtkaziladi:

Master classlar jadvali

Oy yakunida eng yuqori ball olgan oʻquvchilar turli foizli chegirma va grantlarni qoʻlga kiritishadi. Shuningdek kunning birinchi yarmida maxsus olimpiada xonasida dars qilish imkoniyati yaratilgan boʻlib, ushbu maxsus xonada eng yangi olimpiada materiallaridan foydalanish imkoniyati mavjud. Oʻquvchi dars beruvchi oʻqituvchilar orasida oʻzi uchun "Academic support" tanlashi va darsdan tashqari vaqtda ham qoʻshimcha ishlash imkoniyatiga ega.

Report Page