"KELAJAK MEVASI" AKSIYASI DOIRASIDA BOG‘LAR YARATILMOQDA

"KELAJAK MEVASI" AKSIYASI DOIRASIDA BOG‘LAR YARATILMOQDA


Prezidentimiz tomonidan respublikamiz bo‘ylab “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt va buta ko‘chatlarini ekish hamda yashil maydonlarni ko‘paytirish dolzarb vazifa qilib belgilab berildi. Mazkur loyiha doirasida yiliga 200 mln. tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish va shu orqali shaharlardagi yashil maydonlarni yaratish rejalashtirilgan. 

Shu kunga qadar Filialning barcha shahar-tuman bo‘limlari tomonidan 5000 tupdan ortiq manzarali va mevali ko‘chatlar ekildi. Shundan 2200 tup gilos, olma, behi, uzum, anor, xurmo, nok, shaftoli va ko‘chatlari bo‘limlar hududlariga ekildi. 

“Paxtaobodtumangaz” gaz ta'minoti bo‘limida ham ko‘chat ekish ishlari qizg‘in olib borilmoqda,- deydi tuman gaz ta'minoti bo‘limi boshlig‘i Xayryollo Ahmadaliev. – Hozirgacha tumanimizdagi aksiyalarda ham faol ishtirok etmoqdamiz. Tumangazimizni hududida bog‘imiz bor, lekin mana yangi ko‘chatlarni meva berishni to‘xtatgan daraxtlar o‘rniga ekyapmiz. Shu kuchatlar hosilga kirsa, mevasidan o‘zimizni xodimlaru idoramizga tashrif buyurganlar ham bahramand bo‘ladi-da...”

Bundan tashqari, hosildorligi yuqori bo‘lgan tok ko‘chatlari, mevali ko‘chatlar sohada uzoq yillar ishlab, hozirda nafaqada keksalik gashtini surayotgan mehnat faxriylari oilalariga beg‘araz tarqatildi. 

“..Bugun ekilgan bir dona nihol erta katta daraxtga aylangach, uning soyasi-yu mevasidan katta-yu kichik birdek bahramand bo‘ladi, olayotgan nafasimiz musaffoligi ta'minlanadi. Biz ham “Izboskantumangaz” gaz ta'minoti bo‘limimizda yangi bog‘ barpo etmoqchimiz. Hududimiz qancha go‘zal va ko‘kalamzor bo‘lsa, ishxonaga kelganingda ham diling yayraydi, kayfiyating ko‘tariladi. Bu esa ish kunini yaxshi boshlanishiga sabab bo‘ladi, - deydi “Izboskantumangaz” gaz ta'minoti bo‘limi boshlig‘i Odiljon Kamoldinov.

Yurtimiz bo‘ylab e'lon qilingan, daraxt ekish, ko‘kalamzorlashtirishga qaratilgan “Dolzarb 40 kunlik”da faol qatnashish maqsadida “Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali va uning shahar-tuman bo‘limlari tomonidan ko‘chat ekish, bog‘ yaratish ishlari amalga oshirilmoqda.

“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati



Report Page