KELAJAK LIDERLARINI QO‘LLAB-QUVVATLASH: O‘ZBEKISTONDA YOSHLAR IMKONIYATLARINI KENGAYTIRISH SAYOHATI

KELAJAK LIDERLARINI QO‘LLAB-QUVVATLASH: O‘ZBEKISTONDA YOSHLAR IMKONIYATLARINI KENGAYTIRISH SAYOHATI


Boy madaniy merosi va ijtimoiy-siyosiy hayotda jadal taraqqiy etayotgani bilan jahon arenasida munosib joy egallayotgan mamlakatimiz O`zbekiston, o‘zining yoshlar siyosati borasida ahamiyatga molik ishlarni amalga oshirayotgani bejiz emas albatta. Mamlakat kelajagini shakllantirishda salkam 60 foizini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar muhim rol o‘ynashini e’tirof etayotgan hukumatimiz, yoshlarga oid keng qamrovli siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirishga katta e’tibor qaratmoqda. Bu siyosat yoshlarning davlatimiz taraqqiyoti borasidagi ehtiyojlarini qondirish, ularning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotida faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan. Xususan “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonunning davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilinishi bu borada tamal toshi sifatida zamin yaratdi.

Kuni kecha Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan Yoshlar kuni munosabati bilan bir guruh yoshlarga davlat mukofotlarini topshirishi hamda yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi, yoshlarni har tomonlama qoʼllab-quvvatlash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʼilishida Prezident mamlakatimizda soʼnggi yetti yil yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni isteʼdod va salohiyatini ro‘yobga chiqarishda “katta sakrash davri” boʼlganini alohida taʼkidladi. Shuningdek, davlatimiz rahbari ushbu sharoitlarni karra-karra ko‘paytirish bo‘yicha yangi tashabbuslarni ilgari surdi. Xususan, Mamlakatimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish, ilmli va ma’rifatli yoshlarni kamol toptirish, ulg‘ayib kelayotgan yosh avlodning ijodiy va intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish, xorijiy tillarga o‘qitishni yanada ommalashtirish, shuningdek, bunday faoliyat bilan shug‘ullanuvchi subyektlarni qo‘llab-quvvatlash va rivojlanishi uchun qulay muhit yaratish maqsadida “Yoshlarni xorijiy tillarga o‘qitish tizimi samaradorligini oshirish bo’yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori ayni “Yoshlar kuni” arafasida qabul qilinishi ham bu borada yana bir pog`ona yuksalishga asos bo‘ldi. Zero, bugungi globallashgan dunyoda ko‘plab xorijiy tillarni egallash har sohada taraqqiyotga erishish uchun imkoniyat eshiklarini ochmoqda.

Buxoro davalat universiteti 1-bosqich doktoranti Haydarova Nodirabegim Ahtamjon qizi

Report Page