KDBUz mobil ilovasi orqali depozit hisob raqam ochish bo'yicha yo'riqnoma

KDBUz mobil ilovasi orqali depozit hisob raqam ochish bo'yicha yo'riqnoma

Shonazar RUZMATOV
  1. Agar sizda ilova boshqa tilda ochilgan bo'lsa, o'ng taraf tepa qismidagi menu orqali o'zbek tiliga o'zgartirib oling:

2. Ro'yxatdan o'tish tugmasini bosasiz:

3. Keyin Depozit hisobraqam ochish tugmasini bosasiz:

4. Keyin telefon raqaminggizni kiritiladi, va Men maxfiylik va siyosat qoidalariga roziman tugmasini tanlaysiz va ochilgan hujjatni o'qib keyin yopasiz. Keyin USD hisob raqami ni tanlaysiz va Keyingi tugmasini bosasiz:

5. Keyin telefon raqaminggizga kelgan tasdiqlash kodini kiritasiz va Keyingi tugmasini bosasiz:

7. Tranzaksiya maqsadi bo'limidan maqsadinggizni tanlaysiz agar sizning maqsadinggiz ro'yxatda mavjud bo'lmasa, Boshqa ni tanlaysiz va maqsadinggizni yozasiz(misol uchun: elchixona uchun; xorijiy universitet uchun bank ma'lumotnomasini olish) va Keyingi tugmasini bosasiz:


8. Kasb bo'limidan kasbinggizni tanlaysiz. Agar sizning kasbinggiz ro'yxatda mavjud bo'lmasa, Boshqa ni tanlaysiz va kasbinggizni yozasiz:


9. Bank hisob varag'ini ochish maqsadi dan maqsadinggizni tanlaysiz. Agar sizning maqsadinggiz ro'yxatda mavjud bo'lmasa Boshqa tanlaysiz va maqsadinggizni yozasiz(misol uchun: elchixona uchun; xorijiy universitet uchun bank ma'lumotnomasini olish):


10. Jamg'arma manbai bo'limidan o'zinggizga tegishlisini tanlaysiz, agar sizga to'g'ri keladigani ro'yxatda bo'lmasa, Boshqa tanlaysiz va yozasiz:(Misol uchun: qarz yoki oilaviy jamg'arma)

agar qarz olayotgan bo'lsanggiz, uni kimdanligini ko'rsatishingiz kerak:


11. Keyingi chiqqan menu ga Passport/ID karta seriyasi va raqamini, pastgi qismiga tug'ilgan kun/oy/yil inggizni kiritasiz. Davom etish ni bosganingizdan so'ng FACE ID

12. Keyin siz yuz tekshiruvi(FACE ID) dan o'tishinggiz kerak bo'ladi. Buning uchun telefonni yuzinggizga yaqin ushlab kameraga qarab turasiz yashil bo'lganda ushlab turishinggiz kerak va avtomatik tarzda keyingi bosqichga o'tadi:



13. Tabriklaymiz, siz muvaffaqiyatli ariza topshirdinggiz, chiqqan menu ga ok tugmasini bosasiz va sizga arizanggiz holati ko'rinadi. Holat menu sidagi 4 ta bosqich hammasi to'lganda sizning hisob raqaminggiz tayyor bo'ladi:

Agarda ilovadan chiqib ketsanggiz va siz arizanggiz holatini yana tekshirmoqchi bo'lsanggiz quyidagi yo'riqnomaga amal qiling:

  1. Boshidagi menu dan yana Ro'yxatdan o'tish ni tanlaysiz:

2. Depozit hisobraqam ochish tanlaysiz:

3. Hisobraqam ochish bo'limidan Holat bo'limiga o'tasiz va telefon raqaminggizni kiritasiz:

4. Sizda yana arizanggiz holati ko'rinadi:


Report Page