K.A.Timiryazev nomidagi Rossiya davlat agrar universiteti va Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti sa'y-harakatlarni birlashtiradi.....

K.A.Timiryazev nomidagi Rossiya davlat agrar universiteti va Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti sa'y-harakatlarni birlashtiradi.....

Xamid Norqobilov.

Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti rektori v.b A.S.Juraev boshchiligidagi delegatsiya a’zolari K.A.Timiryazev nomidagi Rossiya davlat agrar universiteti rektori, professor Vladimir Ivanovich Truxachev qabulida bo‘lishdi.

K. A. Timiryazev nomidagi Rossiya davlat agrar universitetiga tashrifdan asosiy maqsad:

-       K.A.Timiryazev nomidagi Rossiya davlat agrar universiteti bilan birgalikda qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish masalasini ko‘rib chiqish;

-       “Sabzavotchilik” (1+1) yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish;

-       qo‘shma ta’lim loyihalarini tashkil etish;

-       TerAIRI va RDAU talabalari uchun qo‘shma yozgi maktablarni tashkil etish;

-       talabalar va o‘qituvchilarning mobilligini oshirish;

-       Professor-o‘qituvchilar uchun stajirovkalarini tashkil etish;

Shuningdek, qishloq xo‘jaligidagi sabzavotchilik, melioratsiya, agrokimyo, seleksiya va urug‘chilik, o‘simlikshunoslik, o‘simliklarni himoya qilish, qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti, veterinariya va zooinjeneriya kabi yo‘nalishlar muhokama qilindi.


        Shundan so‘ng tomonlar o‘quv-tajriba xo‘jaliklari faoliyatini o‘rganish va magistratura dasturi bo’yicha qo’shma ta’lim dasturlarini tashkil etish, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti hamda  K. A. Timiryazev nomidagi Rossiya davlat agrar universiteti o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi va shartnomalarni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni imzolash bo‘yicha keluvlarga erishildi.



 


Report Page