KASHNICH yetishtirish.

KASHNICH yetishtirish.

t.me/ykfoundation

Ahamiyati. Kashnichni barglari tarkibida 200-400 mg% vitamin S mavjud. Kashnichda ham organik kislotalarni ayniqsa olma, limon hamda aramatik moddalarni mavjudligi ishtahani yaxshilashga va ovqatni singdirilishiga im-on beradi. Uning tarkibida fitonsidlar, antibakterial xususiyatiga ega bo‘lgan moddalar bo‘lib, ular oshqozon ichak yo‘llarini zararsizlantirishda, organizmni yuqumli (infeksion) kasalliklarga chidamliligini oshiradi.

Ekish uchun tavsiya etiladigan navlar. Kashnichni Orzu va Yantar navlari ko‘proq ekiladi.

  Urug‘ tanlash. Kashnich urug‘lari toza, yuqori unuvchan, kasalliklardan holi bo‘lishi zarur. Urug‘lar boshqa o‘simliklar urug‘lari va aralashmalaridan tozalanadi.

Yer tayyorlash. Ko‘kat ekinlar uchun yuqori unumdor, mexa­ nik tarkibiga ko‘ra yengil,va o‘rtacha tuproqlarni tanlash maqsad-ga muvofiq. Dala o‘tmishdosh ekin qoldiqlari va begona o‘tlardan yaxshilab tozalanadi. 1 sotixga 150–200 kg (10 sotixga 1,5–2 t) chirigan go‘ng solinadi. O‘simlik qisqa muddatda yetilishini inobatga olib go‘ng solish bilan birga 1 sotix maydonga 1 kg azotli, 1 kg fosforli, 0,5 kg kaliyli o‘g‘it solish talab etiladi. yer 20–25 sm chuqurlikda yumshatiladi, yirik kesaklar maydalanadi, yaxshilab tekislanadi, sug‘orish egatlari (pol) olinadi.

Ekish muddati va sxemasi. Ertagi kashnich urug‘i 10–15-fevralda, o‘rtagisi 15-aprelda, yozgisi 15-iyunda, keyingilari 15-avgustda, 15-oktabrda va to‘qsonbosti qilib                 25 noyabrdan 10-dekabrgacha pollarga qalin qilib sepiladi. Bir sotixga 100–120 gr       (10 sotixga 1–1,2 kg) urug‘ sarflanadi. Urug‘lar lentasimon usulda 2–3 qator qilib yoki sochma usulda sepiladi. Urug‘ sepilgandan keyin xaskash bilan tuproqqa aralashtirilib ustidan mayda chirigan go‘ng sepiladi.

Parvarishlash. Nam yetarli bo‘lsa urug‘i 5–10 kunda unib chiqadi. Asosiy parvarishi    1–2 marta o‘toq qilish, o‘simlik qalin joylarini biroz yaganalash va 3–4 kunda sug‘orishdan iborat.

Kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish. Kashnich kasalliklarga ancha chidamli, salqinsevar o‘simlik hisoblanadi.

Hosilni yig‘ishtirish. Kashnich yerdan unib chiqqan kundan boshlab 40–50 kunda iste’molbop bo‘ladi. Aholi kashnichni yangi uzilgan barra holida va quritilgan holda qishda ham ishlatadi. Bu ko‘kat yil bo‘yi iste’mol qilinadi. Uning barra barglarini 2–3 marta o‘rib olish mumkin. Bunda 1–1,5 sm tanasi qoldiriladi, tegishli sharoit yaratilganda bargi yana o‘sib chiqaveradi. Vaqtida o‘rib olinmasa, urug‘poya hosil qilib, iste’molga yaramay qoladi.

  Iqtisodiy samarasi. 10 sotix maydonga 500 g urug‘ uchun 300 ming so‘m sarflanadi. Umumiy xarajatlar 1 300 so‘mni tashkil etadi. Hosilning bir kilogrammi eng past narxda 5 500 so‘mdan sotilganda 3 mln. 850 ming so‘m bo‘ladi. Shunda 10 sotix maydondan     2 mln. 550 ming so‘m sof foyda olish mumkin.

Menyuga qaytish.

Report Page