KASBIM - IFTIXORIM
"Bulung'ur hayoti" gazetasiО'qituvchilik sharafli va mashaqqatli kasblardan biri ekanligini о'zim о'qituvchi bо'lganimdan sо'ng bildim. Yosh avlod tarbiyasi о'qituvchidan ulkan mas'uliyat talab etar ekan. Negaki, ulardan ta'lim oladigan о'quvchilar ertaga jamiyat va davlat taraqqiyoti, yurt ravnaqiga hissa qо'shishi uchun bilimli, har tomonlama yetuk va komil inson bо'lib ulg'ayishi lozim. Bunda albatta о'qituvchilardan sifatli ta'lim berish talab etiladi.
Vaqtida barchamiz ham о'quvchi bо'lganmiz. Qaysi darsdan saboq bermasin, barcha о'qituvchilarning yurish-turishi, xushmuomalalik bilan dars о'tishi, sо'zlashish, kiyinish, odob-axloq me'yorlariga amal qilgan holda yurishlariga yoshligimdan havas qilganman. Ayniqsa, ona tili va adabiyot fani о'qituvchisi Adolat opa Hamroyevaning darsni jon-dili bilan о'tishi, har bir о'quvchining о'zlashtirishini diqqat bilan nazorat qilishi, о'zlashtirishi qiyin bо'lgan bolalar bilan darsdan sо'ng alohida shug'ullanishi, kasb etikasiga qat'iy amal qilishlarini kо'rib menda о'qituvchilikka havas uyg'ongan. Kelgusida ushbu kasb bо'yicha malakali kasb sohibi bо'lib, ustozlarim safida mehnat qilishni maqsad qilganman. Shu sababli ham maktabni tugatgach hech ikkilanmasdan hujjatlarimni Jizzax davlat pedagogika institutiga topshirdim.
2014-yilda oliygohni tugallab, о'zim о'qigan 20-umumta'lim maktabida о'quvchilarga ona tili va adabiyot fanidan saboq bera boshladim. О'qish jarayonida о'quvchilarimga faqat darsliklardan foydalanibgina qolmasdan, badiiy adabiyotlarda nomlari keltirilgan Navoiy, Ulug'bek, Bobur kabi ulug' mutafakkirlar ijodlari bilan ham tanishib boramiz.
О'quvchilarning adabiyotga, ona tilimizga qiziqish va hurmatlarini yanada oshirish uchun maktabimiz kutubxonasiga tashriflarini tashkil etib, badiiy, publitsistik, ilmiy va о'quv adabiyotlari bilan tanishtirishni yо'lga qо'yganman. О'quvchilarning bilimlarini yanada oshirish maqsadida, maktabimiz kutubxonasida о'quvchilar ishtirokida sinflararo "Yosh kitobxon", "Zukko kitobxon", "Eng yaxshi kitobxon", "She'riyat shaydolari" tanlovlari bо'yicha musobaqalar о'tkazib kelyapman. Shuningdek, dars jarayonida о'zlashtirishi qiyin bо'lgan о'quvchilar bilan darsdan sо'ng alohida shug'ullanaman.
Maktabda о'tkaziladigan har qanday ma'naviy-madaniy tadbirlarda "Adabiyot ixlosmandlari" tо'garagi a'zolari faol ishtirok etib kelishmoqda. Maktab о'quvchilari о'rtasida о'tkaziladigan bunday adabiy kechalarning saviyasi oshishida hamkasblarimdan I toifali ona tili va adabiyot fani о'qituvchisi Mavjuda Alimova, II toifali ona tili va adabiyot fani о'qituvchisi Dilshoda Abrayeva va mutaxassis Saodat Eshmurodovalarning ham alohida hissalari bor.
Nargiza G'AFFAROVA,
20-umumta'lim maktabining ona tili va adabiyot fani bо'yicha oliy toifali о'qituvchisi.