KASBI TUMANI FILIALI HAFTA ICHIDA

KASBI TUMANI FILIALI HAFTA ICHIDA


Kasbi tuman filialiga 8-12 may kunlari oralig'ida 12 ta noturar binoga, 7 ta yakka tartibdagi turar-joyga kadastr hujjati tayyorlash bo'yicha jami 19 ta murojaat kelib tushgan.


Mazkur arizalar asosida 6 ta ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasporti rasmiylashtirilib, Davlat xizmatlari markazlari orqali mulkdorlarga taqdim qilindi.


Shuningdek, filalimiz tomonidan 8-maydan 12-maygacha 0.0020 gektarga teng 1 ta bo‘sh yer uchastkalari xatlov natijasida aniqlanib, “YERELEKTRON” tizimiga kiritildi.


Ushbu haftada 0.176 gektarga teng 6 ta bo‘sh yer uchastkalari auksion savdosida tadbirkorlarga sotildi.


1 ta, jami 0.0020 gektar yer maydoni E-IJRO AUKSION yagona elektron savdo maydonchasiga joylashtirilgan. Ko'chma savdolar uchun esa 3 ta 0,0150 gektarli bo'sh yer maydonlari aniqlandi.

Mazkur haftada so’rovnoma shaklida 1 ta murojaat kelib tushdi va mazkur murojaat kadastr xodimlari tomonidan o'rganib chiqilmoqda


32 ta arxiv ko'chmas mulkka oid qog'oz ko'rinishidagi hujjatlar arxiv bazasiga kiritilib, hujjatlarning elektron ko‘rinishga o‘tishi ta'minlangan. 

Mas'ul xodimlar tomonidan “Ko‘chmas mulk-3” dasturiga kiritilgan ko’chmas mulklarga oid 350 dan ziyod kamchiliklar bartaraf etildi.


Filial xodimlari tomonidan "UzKAD" axborot tizimiga 3,30 ga yer maydoni hisobga olingan.

     

Report Page