KARTOSHKA yetishtirish

KARTOSHKA yetishtirish

t.me/ykfoundation

Ahamiyati. Kartoshka – oziq ovqat, yem-xashak va texnik ahamiyatga ega universal ekindir. Uni ikkinchi non deb yuritiladi.

Kartoshkadan 500 dan ziyod turli mazali taomlar tayyorlanadi. Kartoshka tuganagi-qayta ishlaydigan spirt, kraxmal, dekstrin, glyukoza, kauchuk va boshqa sanoat tar-moqlari uchun xom ashyo hisoblanadi. Kartoshkadan olinadigan spirt tibbiyotda, kraxmal esa qog‘oz, to‘qimachilik va oziq-ovqat sanoatlarida almashinmaydigan, tengi yo‘q xom-ashyodir.

Ekish uchun tavsiya etiladigan navlar. Kartoshkaning O‘zbekis ton Respublikasi Davlat reestriga 63 ta navi kiritilgan. Ertapishar navlardan: Latona, Fresko, Red Skarlet, o‘rtagi-ertagi: Kondor, Marfona, Romano, Kuroda, Sante, Diyora, o‘rtapishar: To‘yimli, Umid, Ko‘k saroy, Serhosil, Aladin, Arinda, Arnova, o‘rtagi–kechki: Aqrob, Mondial, Diamant, Pikasso va boshqalarni ekish tavsiya etiladi.

Urug‘ tanlash. Kartoshkadan yuqori hosil olish, hosil sifa-tini yaxshilash va erta yetilishini ta’minlash uchun uni undiril-gan tuganaklaridan ekish kerak. Undirilgan tuganaklarni bahorgi muddatlarda ekish undirilmagan tuganaklarni ekishga qaraganda hosildorlikni 12–15%ga oshirib, 10–15 kun erta pishishiga imkon beradi. Mahalliy sharoitda tayyorlangan urug‘lar undirish xonalari-ga ekish dan 30–35 kun oldin, chetdan keltirilgan urug‘liklar 20–25 kun ilgari qo‘yiladi. Undirish xonasida yorug‘lik va 18–22oC daraja issiq harorat yaratilishi lozim. Urug‘liklar mayda yirikligiga qarab (40–60, 60–80, 80–100 g) saralab, undirish xonasining pollariga, so‘kchaklarga (stellaj) 2–3 qatlamdan oshirmay yoki 12–20–25 kg sig‘imli yashiklarga qo‘yish lozim. Og‘irligi 100 g dan katta bo‘lgan tuganaklarni ekish uchun ikki-uch bo‘lakka bo‘linib eki-ladi. Kartoshka hosildorligini oshirishda ekiladigan urug‘lik tu-ganaklarning yirikligi, shakli va boshqa belgilariga e’tibor berish muhim tadbir hisoblanadi.

Yer tayyorlash. 1 sotix yerga 250–300 kg (10 sotixga 2,5–3 t) toza, chirigan go‘ng solinadi. Tuproq belkurakda 18–20 sm chuqur-likda yumshatiladi yoki ketmon bilan chopiladi. Katta kesaklar maydalanadi va yer tekislanadi. Tuganaklarni ekish uchun qator oralari 70-90 sm bo‘lgan egatlar olinadi.

Ekish muddati va sxemasi. Kartoshka bahorgi muddatda janubiy viloyatlarda 15-fevral – 1-mart, markaziy mintaqada joy-lashgan viloyatlarda 25-fevral – 10-mart, shimoliy mintaqalarda 10–20-mart oralig‘ida ekiladi.

Yozgi muddatda janubiy viloyatlarda tezpishar navlar 10–20-iyul; o‘rtapishar navlar 5–20-iyul; kechpishar navlar 20–30-iyun; markaziy mintaqada joylashgan viloyatlarda tezpishar navlar 10– 20-iyul, o‘rtapishar navlar 10–30-iyun, kechpishar navlar 10–20-iyun oralig‘ida ekiladi.

Shimoliy hududlarda tezpishar navlar 20–30-iyun, o‘rtap-ishar navlar 15–25-iyun, kechpishar navlar 5–10-iyun oralig‘ida ekiladi.

Kartoshka tuganaklari (urug‘ligi) 5–8 sm chuqurlikka ekiladi va har 1 sotix 30–35 kg urug‘lik sarfanadi.

Kartoshka oldindan tayyorlab qo‘yilgan maydonga qo‘lda ket-mon bilan 70x30 yoki 90x25 sm sxemada ekiladi.

Parvarishlash. Tuganaklar to‘liq unib chiqquncha ob-havo va yer sharoitiga ko‘ra 1–2 marta sug‘oriladi. Sug‘orish natijasida be-gona o‘tlar ham jadal o‘sib chiqa boshlaydi. Ularni yo‘qotish maqsa-dida sug‘orishdan 3–5 kun o‘tgach, qator oralari va egatlarning ustki qismiga qo‘lda ketmon bilan yengil chopiq qilinadi.

Ular yerdan to‘liq unib chiqqandan keyin 20–25 kun o‘tgach, o‘simliklarga birinchi kompleks ishlov beriladi. Qator oralari 15–16 sm chuqurlikda, o‘simlikdan 10–12 sm himoya masofasi qoldirilib yumshatiladi va begona o‘tlardan tozalanadi.

Shundan so‘ng o‘simliklarni birinchi marta azotli o‘g‘it (50%) bilan oziqlantirib, keyin qondirib sug‘orish tavsiya etiladi.

Ikkinchi kompleks ishlov birinchi ishlovdan 25–28 kun o‘tgach yoki o‘simliklar yoppasiga g‘unchalaydigan davrda amalga oshirila-di. Kartoshka bahorda ekilganida o‘suv davri havoning salqin va tuproqning sernam paytiga, hosil to‘plash davri esa yozning ayni qiziy boshlagan vaqtiga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun ham erta-gi kartoshkani hosil to‘plash (tuganaklash) paytida har 5–6 kunda 1 sotix 4–4,5 m3 me'yorda sug‘orishni talab qiladi. Kechki kartoshka o‘suv davrida 8–10 kun oralatib bir me’yorda sug‘oriladi. Hosilni yig‘ib-terib olishga 2–3 hafta qolganda suv berish to‘xtatiladi.

O‘g‘itlash. Kartoshkaning miineral o‘g‘itlarga bo‘lgan talabi yuqori. Shu bois bu ekinni o‘stirishda 1 sotix maydonga sof holda 2,2 kg azot, 1,7 kg fosfor, 1,1 kg kaliy berish kerak.

Kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish. Kartoshka o‘simligini kolorado qo‘ng‘izi va kartoshka kuyasi ko‘p zararlay-di. Kolorado qo‘ng‘izi paydo bo‘la boshlaganda uni qo‘lda terib chiqish tavsiya etiladi. Qo‘ng‘izlar ko‘payib tuxum qo‘ya bosh-lagandan keyin kimyoviy preparatlar qo‘llaniladi. Bunda 10 sotix maydonga Karate 5% k.e. (10 ml), Mospilan 20% n.k. (20–25 ml), Sumi-alfa 5% k.e. (50 ml) preparatlari 60–70 litr suvda yaxshilab aralashtirilib purkaladi. Kartoshka kuyasiga esa Koragen 200 k.e (xlorat-raniliprol) -0,15-0,20 l/ga (10 l suvga 1,5-2 ml) va Emafos 42% k.e. (emamektin benzoat+xlorpirifos) - 0,6-0,8 l/ga (10 l suvga 6-8 ml) qo‘llash tavsiya etiladi.

Hosilni yig‘ishtirish. Kartoshka tuganaklari 25–30 sm chuqur-likda shakllanadi, shuning uchun ketmon yordamida chuqurroq kovlab olinadi. Kovlash davrida tuproq nam bo‘lishi lozim. Shunda kartoshkalarni beshikast yig‘ishtirishga erishiladi.

Iqtisodiy samarasi. 10 sotix maydonga 300 kg urug‘lik kar-toshka 2500 so‘mdan 750 ming so‘m sarfanadi. Umumiy xarajatlar 1 399 050 so‘mni tashkil etadi. Hosilning bir kilogrammi 2000 so‘mdan sotilganda 4 mln. 460 ming so‘m bo‘ladi. Shunda 10 sotix maydondan 3 mln. 61 ming so‘m sof foyda olish mumkin.

Menyuga qaytish.


Report Page