TARIX VA GEOGRAFIYA FANLARIDAN KAFOLATLANGAN O‘QUV KURSI! BU QANDAY?

TARIX VA GEOGRAFIYA FANLARIDAN KAFOLATLANGAN O‘QUV KURSI! BU QANDAY?

TARIX va GEOGRAFIYA

Abituriyentga mas’ul shaxs (ota-ona) bilan mas’ul repetitor Jalol Boltayev o‘rtasida shartnoma tuziladi. Shartnomaga muvofiq kurs dasturi doirasida ma'lum talablarga javob bergan abituriyentlarning natijalari (o‘qishga kirishi) kafolatlanadi. Agarda abituriyent OTMga kira olmasa, shartnomaga muvofiq kurs to‘lovi qaytarib beriladi.

KURS DASTURI HAQIDA QISQACHA:

Avvalambor, kurs dasturi/metodi o‘rtacha darajadagi abituriyentlarni ham qamrab oladi. Zero repetitorning vazifasi faqat kuchlilarnigina o‘qishga kiritish emas!

Har bir abituriyentning darsliklar kesimida o‘zlashtirish darajasi Jalol Boltayev ishlab chiqqan dastur bo‘yicha 100 % lik hisobda aniqlab boriladi va abituriyent natijalari haqida unga mas'ul shaxsga oyma-oy hisob beriladi.

— Turli xil tushunmovchiliklar bo‘lmasligi uchun yakuniy o‘zlashtirish darajasiga sinov, konkurs testlar hamda bellashuv va musobaqalarda abituriyentning erishgan natijasi kiritilmaydi (ya’ni abituriyent eng bilgirlar g‘olib chiqadigan o‘rinli murakkab testlardan va turli bellashuvlardan xavotir olmasa ham bo‘ladi!).

📂 Eng asosiysi, natija kafolati hujjatlar asosida amalga oshiriladi!

Abituriyentga mas’ul shaxs ham barcha hujjatlarni/natijalarni o‘z imzosi bilan tasdiqlab boradi.

KURS DASTURINING MOHIYATI:

▪️ Darslar haftada kamida 4 marta bo‘ladi (ya’ni abituriyentning o‘ziga qarab. Norma haftada 4 marta, agar abituriyent tezroq o‘zlashtira olsa haftada 7 kun ham kurslarga kelishi mumkin).

▪️ Darslar dastlab guruh ichida, so‘ng individual tarzda olib boriladi.

▪️ Test va qo‘llanmalar sifatli va mukammal bo‘lib, murakkablik darajasiga ko‘ra oshib boradi: “Kundalik-optimal”, “Saylanma”, “Maxsus”, “Konkurs”, “Optimal savol-javoblar” va h.k. Ushbu o‘quv kitoblarining barchasi Jalol Boltayev tomonidan tuzilgan.

▪️ Abituriyentlarga barcha o‘quv kitoblari bepul beriladi.

▪️ Ushbu testlar qog‘oz variantdan tashqari maxsus ta’lim platformasida (kompyuterda) ham ishlanadi. Bu esa darsliklarni o‘zlashtirish darajasini maksimal oshiradi.

▪️ Shuningdek, har bir abituriyent yuqoridagi testlardan tashqari har kitob yakunida “individual test” ishlaydi. Ya’ni, bu testda har bir abituriyentning aynan o‘zi qiynalayotgan, xato qilishi moyil bo‘lgan testlari jamlangan bo‘ladi va bularning barchasi maxsus dastur orqali amalga oshiriladi.

▪️ Kurs dasturi/metodi 1 yil ichida maksimal natijaga erishishga mo‘ljallangan.

TARIX va GEOGRAFIYA fanlaridan kafolatlangan (hujjat bilan) o‘quv kurslariga marhamat!

— O‘qishga kirish uchun yillab tayyorgarlik ko‘rish, bir yil o‘qishdan yiqilish, vunderkind bo‘lish shart emas! Kafolatlangan (hujjat bilan) va aniq maqsadlarga yo‘naltirilib ishlab chiqilgan o‘qituvchi metodi va o‘sha metodga javob berish yetarli!

Repetitor: Jalol Boltayev

Telefon: (97) 299 00 66

Manzil: Xorazm v., Urganch sh.

Mo‘ljal: Gurlan ko‘chasi, Iqtisod fakulteti

Report Page