Junior Fullstack Developer (Java + React)
@unilance💻 Nimalar qilasiz:
- Senior muhandislar rahbarligida jamoada ishlaysiz;
- Dasturlash, testlash, deploy va texnik qo‘llab-quvvatlash jarayonlarida qatnashasiz;
- Java 8/11 va Spring yordamida kichik funksiyalarni ishlab chiqasiz yoki xatolarni tuzatasiz;
- SQL so‘rovlar yozasiz va ma’lumotlar bazasi tuzilmasini o‘zgartirasiz;
- React’da komponentlar yaratish yoki yangilash;
- HTML, CSS, JavaScript orqali adaptiv veb-sahifalar ishlab chiqish;
- UI xatolarni tuzatish, formalarni yaxshilash va oddiy validatsiyani amalga oshirish.
🧠 Talablar:
- 3 oydan 1 yilgacha tajriba (kommersiya yoki mustaqil loyihalarda);
- Jamoa bilan muloqot uchun ingliz tili (conversation level);
- Java, OOP va SQL asoslarini bilish;
- Spring yoki o‘xshash Java framework’lari bilan tanishlik;
- HTML, CSS, JavaScript / React bo‘yicha asosiy bilimlar;
- REST API ishlash prinsiplari va servislar o‘rtasidagi aloqani tushunish;
- Git va jamoaviy dasturlash tajribasi.
✨ Biz taklif qilamiz:
- Ish vaqti: 13:00–22:00 (UTC+5), haftasiga 5 kun;
- Masofaviy ish imkoniyati;
- Zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash va martaba o‘sishi;
- Xalqaro tajriba va barqaror, tez o‘sib borayotgan sohada faoliyat yuritish. 🚀