Judayam onson usulda qatlama tayyorlaymiz☺️
-Un
-tuz
-suv
-margarin(shedroe leto)
-ko’k piyoz
Un ga tuzli suv solib o’rtacha yumshoqlikda xamir qilamiz va 1soat tindirib mayda zuvalachalarga bo’lamiz. Margarinni eritib videoda ko’rsatilgandek yog’lab 1-2soatga olib qo’yamiz. Qo’lda yoyilganligi uchun xamir yumshab onson yoyilib ketadi.
Ko’k piyozni to’g’rab tuz solib aralashtiriladi. Xamir yumshagandan so’ng videoda ko’rsatilgandek xamirni qo’l yordamida tortib tortib yog’lab cho’ziladi. Ko’k piyozni sochib o’rab olamiz.holadilnikga 1soatga qo’yib qo’yilsa margarinlari qotadi. Pechda 200C da pishirib olamiz. Yog’da pishirsangiz ham bemalol bo’ladi☺️☺️☺️☺️
khojayevna_ sahifasidan olindi