Joriy yilning 25-fevral kuni Kadastr agentligi direktorining birinchi o'rinbosari Allaberganov Atabek Validjanovich tomonidan Buxoro viloyatning Olot tumanida sayyor qabul o'tkazgan edi.

Joriy yilning 25-fevral kuni Kadastr agentligi direktorining birinchi o'rinbosari Allaberganov Atabek Validjanovich tomonidan Buxoro viloyatning Olot tumanida sayyor qabul o'tkazgan edi.

Kadastr agentligi Axborot xizmati

“Bu dunyoda insonlarning dardu tashvishlarini o'ylab yashash – odamiylikning oliy mezonidir", degan ezgu fikrlar bugun har bir rahbar faoliyatining asosiy qoidasiga aylangan.


Hozirgi kunda joylarda odamlar bilan ochiq muloqot qilish va fuqarolarning murojaatlarini o'rganish jarayonida, avvalo, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni bartaraf etish, ariza va shikoyatlarni qisqa muddatlarda ko'rib chiqib, qonuniy qaror qabul qilinishini ta'minlashga alohida e'tibor berilmoqda.

Bunda asosan chekka hududlardagi mavjud dolzarb muammolarni aniqlash, ularni bevosita joyida bartaraf etishga eng ustuvor yo‘nalish sifatida qaralmoqda.


Kadastr agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari A.V.Allaberganov boshchiligida mamlakatimizning olis chegara hududi Olot tumanida o‘tkazilgan sayyor qabul ham aynan shu maqsadlarga qaratildi.


Tuman hokimligi binosida o‘tgan qabul jarayonida 25 nafar fuqarolarning murojaatlari eshitilib ularning aksari joyida ijobiy hal qilindi. Ijrosi muddat talab qiladigan murojaatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilgan bo‘lsa, bir guruh fuqarolarga esa huquqiy tushuntirish berildi.


Ushbu qabul jarayonida fuqarolar tomonidan uy-joyga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish, kadastr hujjatlarini shakllantirish hamda auksion savdolari uchun yer maydoni ajratish masalalari yuzasidan murojaat qilindi. 


Mazkur sayyor qabul jismoniy va yuridik shaxslarning kadastr sohasida yuzaga kelayotgan muammolarini o‘rganish va ularni aksari joyida hal qilishga qaratilgani bilan ham ahamiyatli bo‘ldi.

Report Page