Joriy yilning 1–4-sentabr kunlari davomida asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi va go‘sht mahsulotlarining ulgurji narxlari o‘zgarishi yuzasidan tahliliy ma’lumot

Joriy yilning 1–4-sentabr kunlari davomida asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi va go‘sht mahsulotlarining ulgurji narxlari o‘zgarishi yuzasidan tahliliy ma’lumot

EconomyPress

Ushbu davr mobaynida bozorda asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxlarida o‘zgarish kuzatilmadi.

Davlat bojxona qo‘mitasining tezkor ma’lumotlariga asosan, joriy yil 1–4-sentabr kunlari umumiy qiymati 11,7 mln.dollarlik (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,8 mln. dollar ko‘p) jami 16 ming tonna (2,3 ming tonna ko‘p) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti amalga oshirildi.

Xususan, mazkur davrda 7,6 ming tonna uzum, 1,8 ming tonna qovun, 1,2 ming tonna piyoz, 0,6 ming tonnadan nok va loviya, 0,5 ming tonna sabzi, 0,4 ming tonnadan xurmo, olxo‘ri, anor tashqi bozorlarga yetkazib berilgan.

Shuningdek, ushbu davr mobaynida 103 ming dollar (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 36,5 ming dollar ko‘p) qiymatdagi jami 141 tonna (88,6 tonna ko‘p) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, xususan 40,7 tonna limon, 37,4 ming tonna banan, 6,8 tonna olma import qilingan.

Tezkor ma’lumotlarga asosan, “Qo‘yliq” bozoriga 1–4-sentabr kunlari hududlardan jami 3,6 ming tonna, xususan, 1,5 ming tonna kartoshka, 1,6 ming tonna piyoz, 84 tonna karam va 389 tonna sabzi keltirilgan. Xususan hududlar va mahsulotlar kesimida tahlil qilinganda: 

Samarqanddan 1 010 tonna va Namangandan 91 tonna kartoshka;

Toshkent viloyatidan 893 tonna, Jizzaxdan 586 tonna va Samarqanddan 45 tonna piyoz

Toshkent viloyatidan 84 tonna karam;

Toshkent viloyatidan 138 tonna, Surxondaryodan 63 tonna, Sirdaryodan 52 tonna, Farg‘onadan 46 tonna, Andijondan 42 tonna, Qashqadaryodan 25 tonna va Jizzaxdan 23 tonna sabzi yetkazib berilgan.

Shuningdek, “Qo‘yliq” bozoriga Qozog‘iston Respublikasidan 443 tonna kartoshka va 32 tonna piyoz keltirilgan.

Shu bilan birga, hududlardan “Chorsu” dehqon bozoriga 1–4-sentabr kunlari jami 36,5 tonna, shu jumladan 29,9 tonna mol go‘shti va 6,6 tonna qo‘y go‘shti keltirib sotilgan.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati

Report Page