Joriy yilning 1–30-sentabr kunlari davomida asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi va go‘sht mahsulotlarining ulgurji narxlari o‘zgarishi yuzasidan tahliliy ma’lumot
EconomyPressUshbu davr mobaynida bozorda piyoz 500 so‘mga va limon 14 000 so‘mga, tarvuz 250 so‘mga arzonlagan bo‘lsa, apelsin, bodring va kivi 2 500 so‘mga, pomidor (qizil) 1 250 so‘mga, pomidor (pushti), guruch (lazer) 1 000 so‘mga, lavlagi, bulg‘or qalampiri (qizil) 750 so‘mga hamda kartoshka (import) 600 so‘mga oshgan.
Davlat bojxona qo‘mitasining tezkor ma’lumotlariga asosan, joriy yilning 1–30-sentabr kunlari umumiy qiymati 106,7 mln AQSH dollarlik (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 30,8 mln AQSH dollari ko‘p) jami 133 ming tonna (14,8 ming tonna ko‘p) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti amalga oshirildi.
Xususan, mazkur davrda 62,6 ming tonna uzum, 12,8 ming tonna xurmo, 8,4 ming tonna qovun, 5,5 ming tonna loviya, 4,6 ming tonna quritilgan meva, 4,5 ming tonna mayiz, 4,1 ming tonna anor, 3,6 ming tonna piyoz, 2,8 ming tonna sabzi, 2 ming tonna pomidor hamda 1,5 ming tonna qalampir va 1,3 ming tonna olxo‘ri tashqi bozorlarga yetkazib berilgan.
Shuningdek, ushbu davr mobaynida 11,2 mln AQSH dollari (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,9 mln AQSH dollari ko‘p) qiymatidagi jami 59,5 ming tonna (32 ming tonna ko‘p) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, xususan, 27 ming tonna banan, 25,6 ming tonna kartoshka, 546,6 tonna apelsin hamda 306,6 tonna mandarin import qilingan.
Tezkor ma’lumotlarga asosan, “Qo‘yliq” bozoriga 1–30-sentabr kunlari hududlardan jami 30,7 ming tonna, xususan, 13,9 ming tonna kartoshka, 12,7 ming tonna piyoz, 957 tonna karam va 3,1 ming tonna sabzi keltirilgan. Xususan, hududlar va mahsulotlar kesimida tahlil qilinganda:
Samarqanddan 5 308 tonna, Toshkent viloyatidan 946 tonna va Namangandan 49 tonna kartoshka;
Toshkent viloyatidan 7 209 tonna, Jizzaxdan 4 982 tonna va Samarqanddan 341 tonna piyoz;
Toshkent viloyatidan 957 tonna karam;
Toshkent viloyatidan 1 100 tonna, Sirdaryodan 442 tonna, Andijondan 425 tonna, Farg‘onadan 373 tonna, Qashqadaryodan 297 tonna, Surxondaryodan 268 tonna, Jizzaxdan 198 tonna va Samarqanddan 53 tonna sabzi yetkazib berilgan.
Shuningdek, “Qo‘yliq” bozoriga Qozog‘istondan 5 308 tonna, Qirg‘izistondan 144 tonna kartoshka va 177 tonna piyoz keltirilgan.
Shu bilan birga, hududlardan “Chorsu” dehqon bozoriga 1–30-sentabr kunlari jami 341,5 tonna, shu jumladan, 298,2 tonna mol go‘shti va 43,3 tonna qo‘y go‘shti keltirib sotilgan.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
Axborot xizmati