Joriy yilning 1–18-dekabr kunlari davomida asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi va go‘sht mahsulotlarining ulgurji narxlari o‘zgarishi yuzasidan tahliliy ma’lumot

Joriy yilning 1–18-dekabr kunlari davomida asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi va go‘sht mahsulotlarining ulgurji narxlari o‘zgarishi yuzasidan tahliliy ma’lumot

EconomyPress

Ushbu davr mobaynida bozorda sarimsoq piyoz 2 750 so‘mga, banan 2 500 so‘mga, apelsin 1 000 so‘mga, lavlagi 500 so‘mga arzonlagan.

Shuningdek, bulg‘or qalampiri (qizil) 5 500, bulg‘or qalampiri (yashil), nok (mahalliy) 4 000 so‘mga, olma (import), nok (import) va no‘xаt 2 500 so‘mga, pomidor (qizil) hamda guruch (alanga) 1 000 so‘mga, karam, mosh va piyoz 500 so‘mga oshgan.

Davlat bojxona qo‘mitasining tezkor ma’lumotlariga asosan, umumiy qiymati 65,5 mln AQSH dollarlik (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,7 mln AQSH dollari ko‘p) jami 85,2 ming tonna (3,6 ming tonna kam) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti amalga oshirildi.

Xususan, mazkur davrda 16 ming tonna uzum, 11,9 ming tonna xurmo, 11 ming tonna mosh, 7,1 ming tonna loviya, 7,4 ming tonna piyoz, 3,9 ming tonnadan quritilgan meva, 3,4 ming tonna pomidor, 2,6 ming tonna gulkaram tashqi bozorlarga yetkazib berilgan.

Shuningdek, ushbu davr mobaynida 14,4 mln AQSH dollari (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,3 ming dollar kam) qiymatidagi jami 54,8 ming tonna (20,6 ming tonna kam) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, xususan, 29,4 ming tonna kartoshka, 6,9 ming tonna mandarin, 6,7 ming tonna banan, 5,7 ming tonna piyoz, 1,1 ming tonna apelsin hamda 785 tonna kivi import qilingan.

Tezkor ma’lumotlarga asosan, “Qo‘yliq” bozoriga hududlardan jami 11,2 ming tonna, xususan, 5,2 ming tonna kartoshka, 4,7 ming tonna piyoz479 tonna karam va 840 tonna sabzi keltirilgan. Xususan, hududlar va mahsulotlar kesimida tahlil qilinganda: 

Samarqanddan 949 tonna, Toshkent viloyatidan 602 tonna kartoshka;

Jizzaxdan 1 499 tonna, Toshkent viloyatidan 1 313 tonna va Samarqanddan 1 280 tonna piyoz

Toshkent viloyatidan 479 tonna karam;

Qashqadaryodan 473 tonna, Surxondaryodan 165 tonna, Toshkentdan 120 tonna, Buxorodan 82 tonna sabzi yetkazib berilgan.

Shuningdek, “Qo‘yliq” bozoriga Qozog‘istondan 2 916 tonna, Qirg‘izistondan 556 tonna va Rossiyadan 72 tonna kartoshka hamda Qozog‘istondan 598 tonna piyoz keltirilgan.

Shu bilan birga, hududlardan “Chorsu” dehqon bozoriga jami 226,5 tonna, shu jumladan, 206,5 tonna mol go‘shti va 20 tonna qo‘y go‘shti keltirib sotilgan.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati

Report Page