Joriy yilning 1–12-dekabr kunlari davomida asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi va go‘sht mahsulotlarining ulgurji narxlari o‘zgarishi yuzasidan tahliliy ma’lumot

Joriy yilning 1–12-dekabr kunlari davomida asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi va go‘sht mahsulotlarining ulgurji narxlari o‘zgarishi yuzasidan tahliliy ma’lumot

EconomyPress

Ushbu davr mobaynida bozorda sarimsoq piyoz 2 750 so‘mga, banan 2 500 so‘mga, apelsin 1 000 so‘mga, lavlagi 500 so‘mga arzonlagan.

Shuningdek, bulg‘or qalampiri (qizil) 5 500, bulg‘or qalampiri (yashil), nok (mahalliy) 4 000 so‘mga, olma (import), nok (import) va no‘xat 2 500 so‘mga, pomidor (qizil) hamda guruch (alanga) 1 000 so‘mga, karam, mosh 500 so‘mga oshgan.

Davlat bojxona qo‘mitasining tezkor ma’lumotlariga asosan, umumiy qiymati 35,9 mln AQSH dollarlik (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,6 AQSH dollari kam) jami 47,2 ming tonna (12,8 ming tonna kam) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti amalga oshirildi.

Xususan, mazkur davrda 9,7 ming tonna uzum, 8,3 ming tonna xurmo, 4,6 ming tonna loviya, 3,5 ming tonna mosh, 2,4 ming tonna quritilgan meva, 2,0 ming tonnadan mayiz va pomidor, 1,6 ming tonna gulkaram tashqi bozorlarga yetkazib berilgan.

Shuningdek, ushbu davr mobaynida 7,2 mln AQSH dollari (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,2 ming AQSH dollari kam) qiymatidagi jami 29,6 ming tonna (10,9 ming tonna kam) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, xususan, 15,3 ming tonna kartoshka, 4,5 ming tonna mandarin, 4,1 ming tonna piyoz, 2,9 ming tonna banan, 694 tonna apelsin hamda 454 tonna kivi import qilingan.

Tezkor ma’lumotlarga asosan, “Qo‘yliq” bozoriga hududlardan jami 7,4 ming tonna, xususan, 3,4 ming tonna kartoshka, 3,2 ming tonna piyoz, 286 tonna karam va 530 tonna sabzi keltirilgan. Xususan, hududlar va mahsulotlar kesimida tahlil qilinganda:

Samarqanddan 586 tonna, Toshkent viloyatidan 391 tonna kartoshka;

Jizzaxdan 1 050 tonna, Samarqanddan 922 tonna, Toshkent viloyatidan 893 tonna piyoz;

Toshkent viloyatidan 286 tonna karam;

Qashqadaryodan 312 tonna, Surxondaryodan 88 tonna, Toshkentdan 78 tonna, Buxorodan 52 tonna sabzi yetkazib berilgan.

Shuningdek, “Qo‘yliq” bozoriga Qozog‘istondan 1 976 tonna va Qirg‘izistondan 386 tonna kartoshka hamda Qozog‘istondan 318 tonna piyoz keltirilgan.

Shu bilan birga, hududlardan “Chorsu” dehqon bozoriga jami 146,4 tonna, shu jumladan, 132,5 tonna mol go‘shti va 13,9 tonna qo‘y go‘shti keltirib sotilgan.


Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati

Report Page