Joriy yilning 1–11-sentabr kunlari davomida asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi va go‘sht mahsulotlarining ulgurji narxlari o‘zgarishi yuzasidan tahliliy ma'lumot

Joriy yilning 1–11-sentabr kunlari davomida asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi va go‘sht mahsulotlarining ulgurji narxlari o‘zgarishi yuzasidan tahliliy ma'lumot

EconomyPress

Ushbu davr mobaynida bozorda piyoz 250 so‘mga va limon 11 000 so‘mga arzonlagan bo‘lsa, lavlagi 750 so‘mga hamda kivi 2 500 so‘mga oshgan.

Davlat bojxona qo‘mitasining tezkor ma’lumotlariga asosan, joriy yilning 1–11 sentabr kunlari umumiy qiymati 35,8 mln.dollarlik (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 10,5 mln dollar ko‘p) jami 45 ming tonna (4,5 ming tonna ko‘p) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti amalga oshirildi.

Xususan, mazkur davrda 21,3 ming tonna uzum, 4,5 ming tonna qovun, 2,5 ming tonna loviya, 1,8 ming tonna xurmo, 1,5 ming tonna quritilgan meva, 1,3 ming tonnadan piyoz, anor va nok, 1,0 ming tonna mayiz hamda 0,9 ming tonna olxo‘ri tashqi bozorlarga yetkazib berilgan.

Shuningdek, ushbu davr mobaynida 4,1 mln.dollar (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,9 mln dollar ko‘p) qiymatdagi jami 21,9 ming tonna (17,5 ming tonna ko‘p) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, xususan, 17,6 ming tonna banan, 2,4 ming tonna kartoshka, 230 tonna apelsin import qilingan.

Tezkor ma’lumotlarga asosan, “Qo‘yliq” bozoriga 1-11-sentabr kunlari hududlardan jami 11 ming tonna, xususan, 4,6 ming tonna kartoshka, 4,7 ming tonna piyoz, 328 tonna karam va 1,3 ming tonna sabzi keltirilgan. Xususan hududlar va mahsulotlar kesimida tahlil qilinganda:

Samarqanddan 2 840 tonna, Toshkent viloyatidan 295 tonna va Namangandan 37 tonna kartoshka;

Toshkent viloyatidan 2 608 tonna, Jizzaxdan 1 840 tonna va Samarqanddan 118 tonna piyoz;

Toshkent viloyatidan 328 tonna karam;

Toshkent viloyatidan 442 tonna, Sirdaryodan 180 tonna, Farg‘onadan 176 tonna, Andijondan 152 tonna, Surxondaryodan 141 tonna, Qashqadaryodan 139 tonna va Jizzaxdan 64 tonna sabzi yetkazib berilgan.

Shuningdek, “Qo‘yliq” bozoriga Qozog‘iston Respublikasidan 1 457 tonna kartoshka va 167 tonna piyoz keltirilgan.

Shu bilan birga, hududlardan “Chorsu” dehqon bozoriga 1–11-sentabr kunlari jami 110,6 tonna, shu jumladan, 92,4 tonna mol go‘shti va 18,2 tonna qo‘y go‘shti keltirib sotilgan.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati


Report Page