Joriy yilning 1–31-mart kunlari davomida asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi va go‘sht mahsulotlarining ulgurji narxlari o‘zgarishi yuzasidan tahliliy ma'lumot

Joriy yilning 1–31-mart kunlari davomida asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi va go‘sht mahsulotlarining ulgurji narxlari o‘zgarishi yuzasidan tahliliy ma'lumot

EconomyPress

Ushbu davr mobaynida bozorda kivi 2 500 so‘mga, mandarin 1 500 so‘mga, mosh 1 250 so‘mga, kartoshka (import), lavlagi, turp 500 so‘mga hamda guruch (alanga) 250 so‘mga arzonlashgan.

Shu bilan birga, uzum 12 500 so‘mga, bulg‘or qalampiri (qizil) 10 000 so‘mga, bodring (orzu) 8 000 so‘mga, anor 5 500 so‘mga, apelsin va bulg‘or qalampiri (yashil) 5 000 so‘mga, pomidor 4 000 so‘mga, no‘xat 3 000 so‘mga, sarimsoq piyoz 2 500 so‘mga, qovun, guruch (lazer) hamda pomidor (pushti) 2 000 so‘mga, piyoz 1 200 so‘mga, nok va limon 1 000 so‘mga hamda karam 850 so‘mga oshgan.

Davlat bojxona qo‘mitasining tezkor ma’lumotlariga asosan, joriy yil 1–31-mart kunlari umumiy qiymati 55,1 mln dollarlik (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7,9 mln dollar ko‘p) jami 94,7 ming tonna (8,0 ming tonna ko‘p) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti amalga oshirildi. 

Xususan, mazkur davrda 32,8 ming tonna karam11,0 ming tonna mosh9,2 ming tonna loviya8,2 mingtonna sabzi6,7 mingtonna pomidor, 5,6 ming tonna mayiz2,9 mingtonna quritilgan meva2,3 ming tonna turp2,1 ming tonna lavlagi2,0 ming tonna gulkaram1,2 ming tonna uzum1,1 ming tonna anor hamda 399 tonna bodring tashqi bozorlarga yetkazib berilgan.

Shuningdek, ushbu davr mobaynida 33,1 mln dollar (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 19,6 mln dollar ko‘p) qiymatdagi jami 144,9 ming tonna (54,2 ming tonna ko‘p) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, xususan, 101,4 ming tonna kartoshka15,4 ming tonna banan12,8 ming tonna mandarin5,3 ming tonna olma1,3 ming tonna apelsin va 316 tonna kivi import qilingan.

Tezkor ma’lumotlarga asosan, “Qo‘yliq” bozoriga 1–31-mart kunlari hududlardan jami 26,3 ming tonna, xususan, 12,6 ming tonna kartoshka, 8,9 ming tonna piyoz1,4 ming tonna karam va 3,4 ming tonna sabzi keltirilgan.

Shundan, Toshkent viloyatidan 324 tonna kartoshka3 411 tonna piyoz, 1 379 tonna karam, 1 038 tonna sabzi, Samarqanddan 4 018 tonna, Jizzaxdan 740 tonna, Surxondaryodan 740 tonna (yangi hosil), Farg‘onadan 45 tonna piyoz, Surxondaryodan 597 tonna, Qashqadaryodan 572 tonna, Sirdaryodan 379 tonna, Jizzaxdan 250 tonna, Andijondan 235 tonna, Buxorodan 189 tonna va Xorazmdan 137 tonna sabzi mahsulotlari yetkazib berilgan.

Shuningdek, “Qo‘yliq” bozoriga Pokiston Respublikasidan 10 175 tonna, Eron davlatidan 672 tonna, Qozog‘iston Respublikasidan 584 tonna, Afg‘oniston Islom Respublikasidan 517 tonna va Qirg‘iziston Respublikasidan 318 tonna kartoshka keltirilgan.

Shu bilan birga, hududlardan “Chorsu” dehqon bozoriga 1–31-mart kunlari jami 467,6 tonna, shu jumladan, 329,1 tonna mol go‘shti va 138,6 tonna qo‘y go‘shti keltirib sotilgan.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati

Report Page