2021-yilning 1-31-dekabr kunlari davomida asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi va go‘sht mahsulotlarining ulgurji narxlari o‘zgarishi yuzasidan tahliliy ma‘lumot

2021-yilning 1-31-dekabr kunlari davomida asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi va go‘sht mahsulotlarining ulgurji narxlari o‘zgarishi yuzasidan tahliliy ma‘lumot

EconomyPress

2021-yilning 1-31-dekabr kunlari Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi tomonidan “Toshkent qishloq ho‘jaligi mahsulotlari ulgurji bozori” AJ (Qo‘yliq) va Eski jo‘va (Chorsu) dehqon bozorlarida asosiy iste’mol tovarlarining ulgurji narxlari bo‘yicha kuzatuv natijalari e’lon qilinib borildi.

Ushbu davr mobaynida bozorda uzum (rizomat) 10 000 so‘mga, apelsin 9 500 so‘mga, mandarin 5 000 so‘mga, limon 2 500 so‘mga, olma va sarimsoq piyoz 1 500 so‘mga, sariq sabzi 1 350 so‘mga, qizil sabzi 1 100 so‘mga, loviya 1 000 so‘mga va kartoshka 125 so‘mga arzonlagan.

Shu bilan birga, baqlajon 14 250 so‘mga, bulg‘or qalampiri (qizil) 8 500 so‘mga, bulg‘or qalampiri (yashil) 8 250 so‘mga, nok (mahalliy) 9 000 so‘mga, nok (import) 5 500 so‘mga, bodring 7 125 so‘mga, pomidor 750 so‘mga, no‘xot 1 500 va guruch (alanga) 250 so‘mga oshgan.

Shu bilan birga, Davlat bojxona qo‘mitasining tezkor ma’lumotlariga asosan, 2021-yil 1-31-dekabr kunlari umumiy qiymati 94,2 mln.dollarlik jami 129,2 ming tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti amalga oshirildi.

Xususan, mazkur davrda 30 ming tonna mosh, 16,7 ming tonna uzum, 13,5 ming tonna xurmo, 9,9 ming tonna mayiz, 9,6 ming tonna loviya, 6,2 ming tonna pomidor, 5,9 ming tonna karam, 5,8 ming tonna quritilgan meva, 5,6 ming tonna sabzi, 3,3 ming tonna anor va 2,4 ming tonna bodring tashqi bozorlarga yetkazib berilgan.

Shuningdek, ushbu davr mobaynida 39,1 mln dollar qiymatdagi jami 143,2 ming tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, xususan 103,3 ming tonna kartoshka, 19,4 ming tonna banan, 6,1 ming tonna mandarin, 4,3 ming tonna olma, 2,3 ming tonna apelsin va 1,3 ming tonna kivi import qilingan.

Tezkor ma’lumotlarga asosan, “Qo‘yliq” bozoriga 1-31 dekabr kunlari hududlardan jami 19,1 ming tonna, xususan, 10,8 ming tonna kartoshka, 5,5 ming tonna piyoz, 923 tonna karam va 1,7 ming tonna sabzi keltirilgan.

Shundan, Toshkent viloyatidan 651 tonna kartoshka, 1 074 tonna piyoz, 923 tonna karam, 752 tonna sabzi, Samarqand viloyatidan 335 tonna kartoshka, 2 320 tonna piyoz, Jizzax viloyatidan 2 135 tonna piyoz, Qashqadaryo viloyatidan 336 tonna, Surxondaryo viloyatidan 429 tonna va Sirdaryo viloyatidan 217 tonna sabzi mahsulotlari yetkazib berilgan.

Shuningdek, “Qo‘yliq” bozoriga Qozog‘iston Respublikasidan 3 408 tonna, Qirg‘iziston Respublikasidan 530 tonna, Afg‘oniston Islom Respublikasidan 3 152 tonna va Eron davlatidan 2 713 tonna kartoshka keltirilgan.

Shu bilan birga, hududlardan “Chorsu” dehqon bozoriga 1-31 dekabr kunlari jami 361,4 tonna, shu jumladan 305 tonna mol go‘shti va 56,4 tonna qo‘y go‘shti keltirib sotilgan.


Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati


Report Page