Joriy yilning 1-30-noyabr kunlari davomida asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi va go‘sht mahsulotlarining ulgurji narxlari o‘zgarishi yuzasidan tahliliy ma’lumot

Joriy yilning 1-30-noyabr kunlari davomida asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi va go‘sht mahsulotlarining ulgurji narxlari o‘zgarishi yuzasidan tahliliy ma’lumot

EconomyPress

Joriy yilning 1-30-noyabr kunlari Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan “Toshkent qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ulgurji bozori” AJ (Qo‘yliq) va Eski Juva (Chorsu) dehqon bozorlarida asosiy iste’mol tovarlarining ulgurji narxlari bo‘yicha kuzatuv natijalari e’lon qilinib borildi.

Ushbu davr mobaynida bozorda sariq sabzi 1 500 so‘mga, qizil sabzi 1 000 so‘mga, import va mahalliy olma 1 000 so‘mga, lavlagi 1 000 so‘mga, bodring 500 so‘mga, nok 2 500 so‘mga, kivi 20 000 so‘mga, guruch 1 000 so‘mga va limon 2 500 so‘mga arzonlagan.

Shu bilan birga, kartoshka 575 so‘mga, piyoz 150 so‘mga, karam 350 so‘mga, sarimsoq piyoz 5 500 so‘mga, pomidor 2 250 so‘mga, baqlajon 250 so‘mga va qovun 3 500 so‘mga oshgan.

Shu bilan birga, Davlat bojxona qo‘mitasining tezkor ma’lumotlariga asosan, joriy yil boshidan 30-noyabrgacha bo‘lgan davrda umumiy qiymati 862,1 mln.dollarlik jami 1 393,1 ming tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti amalga oshirildi.

Xususan, mazkur davrda 198,5 ming tonna uzum, 201,4 ming tonna piyoz, 97,6 ming tonna mosh, 88,7 ming tonna karam, 81,4 ming tonna pomidor, 76,2 ming tonna loviya, 61,8 ming tonna xurmo, 60,8 ming tonna gilos, 56,8 ming tonna sabzi, 38,3 ming tonna qovun, 19,9 ming tonna olxo‘ri, 16,1 ming tonna anor, 15 ming tonna shaftoli va 11,4 ming tonna bodring tashqi bozorlarga yetkazib berilgan.

Shuningdek, ushbu davr mobaynida 111,7 mln. dollar qiymatdagi jami 608,3 ming tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, xususan 455,8 ming tonna kartoshka, 69,7 ming tonna banan, 29,2 ming tonna mandarin va 5,6 ming tonna apelsin va 3,1 ming tonna kivi import qilingan.

Tezkor ma’lumotlarga asosan, “Qo‘yliq” bozoriga 1-30-noyabr kunlari hududlardan jami 20,8 ming tonna, xususan, 12,5 ming tonna kartoshka, 6,0 ming tonna piyoz, 777 tonna karam va 1,6 ming tonna sabzi keltirilgan.

Shundan, Toshkent viloyatidan 1 938 tonna kartoshka, 1 410 tonna piyoz, 777 tonna karam, 613 tonna sabzi, Samarqand viloyatidan 918 tonna kartoshka, 720 tonna sabzi, Jizzax viloyatidan 3,8 ming tonna piyoz va 22 tonna sabzi, Qashqadaryo viloyatidan 384 tonna, Farg‘ona viloyatidan 74 tonna, Andijon viloyatidan 27 tonna, Buxoro viloyatidan 6 tonna, Surxondaryo viloyatidan 191 tonna va Sirdaryo viloyatidan 283 tonna sabzi mahsulotlari yetkazib berilgan.

Shuningdek, “Qo‘yliq” bozoriga Qozog‘iston Respublikasidan 3 855 tonna, Qirg‘iziston Respublikasidan 605 tonna, Afg‘oniston Islom Respublikasidan 2 145 tonna va Eron davlatidan 2 991 tonna kartoshka keltirilgan.

Shu bilan birga, hududlardan “Chorsu” dehqon bozoriga 1-30-noyabr kunlari jami 220,0 tonna, shu jumladan 191,1 tonna mol go‘shti va 28,9 tonna qo‘y go‘shti keltirib sotilgan.


Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati

Report Page