Joriy yilning 1-26-dekabr kunlari davomida asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi va go‘sht mahsulotlarining ulgurji narxlari o‘zgarishi yuzasidan tahliliy ma’lumot

Joriy yilning 1-26-dekabr kunlari davomida asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi va go‘sht mahsulotlarining ulgurji narxlari o‘zgarishi yuzasidan tahliliy ma’lumot

EconomyPress

Joriy yilning 1-26-dekabr kunlari Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi tomonidan “Toshkent qishloq ho‘jaligi mahsulotlari ulgurji bozori” AJ (Qo‘yliq) va Eski jo‘va (Chorsu) dehqon bozorlarida asosiy iste’mol tovarlarining ulgurji narxlari bo‘yicha kuzatuv natijalari e’lon qilinib borildi.

Ushbu davr mobaynida bozorda uzum (rizomat) 10 000 so‘mga, apelsin 9 500 so‘mga, mandarin 5 000 so‘mga, limon 2 500 so‘mga, olma va sarimsoq piyoz 1 500 so‘mga, sariq sabzi 1 350 so‘mga, qizil sabzi 1 100 so‘mga, loviya 1 000 so‘mga va kartoshka 75 so‘mga arzonlagan.

Shu bilan birga, baqlajon 14 250 so‘mga, bulg‘or qalampiri (qizil) 8 500 so‘mga, bulg‘or qalampiri (yashil) 8 250 so‘mga, nok (mahalliy) 9 000 so‘mga, nok (import) 5 500 so‘mga, bodring 7 125 so‘mga, pomidor 750 so‘mga, no‘xot 1 500 va guruch (alanga) 250 so‘mga oshgan.

Shu bilan birga, Davlat bojxona qo‘mitasining tezkor ma’lumotlariga asosan, joriy yil 1-26 dekabr kunlari umumiy qiymati 82,8 mln.dollarlik jami 115,3 ming tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti amalga oshirildi.

Xususan, mazkur davrda 25,9 ming tonna mosh, 15,4 ming tonna uzum, 13,1 ming tonna xurmo, 8,7 ming tonna mayiz, 8,0 ming tonna loviya, 5,6 ming tonna karam, 5,2 ming tonna quritilgan meva, 5,1 ming tonna pomidor, 5,0 ming tonna sabzi, 3,1 ming tonna anor va 2,1 ming tonna bodring tashqi bozorlarga yetkazib berilgan.

Shuningdek, ushbu davr mobaynida 29,6 mln dollar qiymatdagi jami 104,9 ming tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, xususan 74,8 ming tonna kartoshka, 14,4 ming tonna banan, 5,1 ming tonna mandarin, 3,5 ming tonna olma, 1,8 ming tonna apelsin va 680,1 tonna kivi import qilingan.

Tezkor ma’lumotlarga asosan, “Qo‘yliq” bozoriga 1-26-dekabr kunlari hududlardan jami 17,2 ming tonna, xususan, 9,7 ming tonna kartoshka, 5,2 ming tonna piyoz, 829 tonna karam va 1,5 ming tonna sabzi keltirilgan.

Shundan, Toshkent viloyatidan 591 tonna kartoshka, 976 tonna piyoz, 829 tonna karam, 662 tonna sabzi, Samarqand viloyatidan 328 tonna kartoshka, 2 185 tonna piyoz, Jizzax viloyatidan 2 005 tonna piyoz, Qashqadaryo viloyatidan 299 tonna, Surxondaryo viloyatidan 376 tonna va Sirdaryo viloyatidan 197 tonna sabzi mahsulotlari yetkazib berilgan.

Shuningdek, “Qo‘yliq” bozoriga Qozog‘iston Respublikasidan 2 988 tonna, Qirg‘iziston Respublikasidan 486 tonna, Afg‘oniston Islom Respublikasidan 2 823 tonna va Eron davlatidan 2 473 tonna kartoshka keltirilgan.

Shu bilan birga, hududlardan “Chorsu” dehqon bozoriga 1-26-dekabr kunlari jami 324,7 tonna, shu jumladan 274,1 tonna mol go‘shti va 50,6 tonna qo‘y go‘shti keltirib sotilgan.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati

Report Page