Joriy yilning 1-20-dekabr kunlari davomida asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi va go‘sht mahsulotlarining ulgurji narxlari o‘zgarishi yuzasidan tahliliy ma'lumot

Joriy yilning 1-20-dekabr kunlari davomida asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi va go‘sht mahsulotlarining ulgurji narxlari o‘zgarishi yuzasidan tahliliy ma'lumot

EconomyPress

Joriy yilning 1-20 dekabr kunlari Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi tomonidan “Toshkent qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ulgurji bozori” AJ (Qo‘yliq) va Eski jo‘va (Chorsu) dehqon bozorlarida asosiy iste’mol tovarlarining ulgurji narxlari bo‘yicha kuzatuv natijalari e’lon qilinib borildi.

Ushbu davr mobaynida bozorda kartoshka 125 so‘mga, sariq sabzi 1 350 so‘mga, qizil sabzi 1 100 so‘mga, import olma 1 500 so‘mga, uzum (rizomat) 10 000 so‘mga, apelsin 11 000 so‘mga, limon 2 500 so‘mga va loviya 500 so‘mga arzonlagan.

Shu bilan birga, baqlajon 14 750 so‘mga, sarimsoq piyoz 11 000 so‘mga, bulg‘or qalampiri (qizil) 8 500 so‘mga, bulg‘or qalampiri (yashil) 7 750 so‘mga, nok (mahalliy) 6 500 so‘mga, nok (import) 4 000 so‘mga, bodring 3 875 so‘mga, pomidor 750 so‘mga, no‘xot 1 500 va guruch (alanga) 250 so‘mga oshgan.

Shu bilan birga, Davlat bojxona qo‘mitasining tezkor ma’lumotlariga asosan, joriy yil 1-20-dekabr kunlari umumiy qiymati 68,2 mln.dollarlik jami 95,1 ming tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti amalga oshirildi. 

Xususan, mazkur davrda 20 ming tonna mosh, 13,2 ming tonna uzum, 12,1 ming tonna xurmo, 7,1 ming tonna mayiz, 6,8 ming tonna loviya, 4,5 ming tonna quritilgan meva va karam, 3,9 ming tonna pomidor, 3,8 ming tonna sabzi, 2,6 ming tonna anor va 1,7 ming tonna bodring tashqi bozorlarga yetkazib berilgan.

Shuningdek, ushbu davr mobaynida 21,5 mln dollar qiymatdagi jami 81,4 ming tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, xususan, 60,4 ming tonna kartoshka, 9,4 ming tonna banan, 4,1 ming tonna mandarin, 2,6 ming tonna olma, 1,2 ming tonna apelsin va 359,7 tonna kivi import qilingan.

Tezkor ma’lumotlarga asosan, “Qo‘yliq” bozoriga 1-20-dekabr kunlari hududlardan jami 13,3 ming tonna, xususan, 7,4 ming tonna kartoshka, 4,0 ming tonna piyoz, 674 tonna karam va 1,2 ming tonna sabzi keltirilgan.

Shundan, Toshkent viloyatidan 489 tonna kartoshka, 850 tonna piyoz, 674 tonna karam, 493 tonna sabzi, Samarqand viloyatidan 250 tonna kartoshka, 1 615 tonna piyoz, Jizzax viloyatidan 1 570 tonna piyoz, Qashqadaryo viloyatidan 233 tonna, Surxondaryo viloyatidan 297 tonna va Sirdaryo viloyatidan 169 tonna sabzi mahsulotlari yetkazib berilgan.

Shuningdek, “Qo‘yliq” bozoriga Qozog‘iston Respublikasidan 2 286 tonna, Qirg‘iziston Respublikasidan 392 tonna, Afg‘oniston Islom Respublikasidan 2 109 tonna va Eron davlatidan 1 873 tonna kartoshka keltirilgan.

Shu bilan birga, hududlardan “Chorsu” dehqon bozoriga 1-20-dekabr kunlari jami 254,3 tonna, shu jumladan, 216,1 tonna mol go‘shti va 38,2 tonna qo‘y go‘shti keltirib sotilgan.


Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati

Report Page