Joriy yilning 1-17-yanvar kunlari davomida asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi va go‘sht mahsulotlarining ulgurji narxlari o‘zgarishi yuzasidan tahliliy ma’lumot

Joriy yilning 1-17-yanvar kunlari davomida asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi va go‘sht mahsulotlarining ulgurji narxlari o‘zgarishi yuzasidan tahliliy ma’lumot

EconomyPress

Ushbu davr mobaynida bozorda apelsin 5 500 so‘mga, limon 4 000 so‘mga, banan 2 500 so‘mga, loviya va bodring 1 000 so‘mga va mosh 500 so‘mga arzonlagan.

       Shu bilan birga, bodring 2 750 so‘mga, sarimsoq piyoz va ananas 2 500 so‘mga, pomidor 1 000 so‘mga, mandarin va no‘xot 500 so‘mga hamda kartoshka (import) 150 so‘mga oshgan.

       Shu bilan birga, Davlat bojxona qo‘mitasining tezkor ma’lumotlariga asosan, joriy yil 1-17-yanvar kunlari umumiy qiymati 27,1 mln.dollarlik (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,3 mln. dollar ko‘p) jami 40,1 ming tonna (8,1 ming tonna ko‘p) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti amalga oshirildi.

        Xususan, mazkur davrda 5,2 ming tonna mosh, 5,0 ming tonna karam, 4,3 ming tonna uzum, 3,8 ming tonnadan loviya, 3,0 ming tonna mayiz, 2,6 ming tonna pomidor, 1,9 ming tonna xurmo, 1,8 ming tonna quritilgan meva, 1,7 ming tonna gul karam, 1,1 ming tonna anor, 1,0 ming tonnadan bodring va 0,8 ming tonna qalampir va ko‘katlar tashqi bozorlarga yetkazib berilgan.

        Shuningdek, ushbu davr mobaynida 11,7 mln. dollar (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,4 mln. dollar ko‘p) qiymatdagi jami 39,6 ming tonna (6,5 ming tonna ko‘p) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, xususan, 20,0 ming tonna kartoshka, 7,6 ming tonna mandarin, 7,3 ming tonna banan, 1,5 ming tonna olma, 347 tonna apelsin va 428 tonna kivi import qilingan.

        Tezkor ma’lumotlarga asosan, “Qo‘yliq” bozoriga 1-17-yanvar kunlari hududlardan jami 9,9 ming tonna, xususan, 6,0 ming tonna kartoshka, 2,7 ming tonna piyoz, 444 tonna karam va 774 tonna sabzi keltirilgan.                                 

Shundan, Toshkent viloyatidan 198 tonna kartoshka, 1 036 tonna piyoz, 444 tonna karam, 329 tonna sabzi, Samarqand viloyatidan 21 tonna kartoshka, 1 020 tonna piyoz, Jizzax viloyatidan 651 tonna piyoz, Qashqadaryo viloyatidan 175 tonna, Surxondaryo viloyatidan 156 tonna va Sirdaryo viloyatidan 114 tonna sabzi mahsulotlari yetkazib berilgan. 

Shuningdek, “Qo‘yliq” bozoriga Qozog‘iston Respublikasidan 1 481 tonna, Qirg‘iziston Respublikasidan 249 tonna, Afg‘oniston Islom Respublikasidan 1 420 tonna, Pokiston Respublikasidan 1 532 tonna va Eron davlatidan 1 060 tonna kartoshka keltirilgan.                                                                 

Shu bilan birga, hududlardan “Chorsu” dehqon bozoriga 1-17-yanvar kunlari jami 144,9 tonna, shu jumladan, 129,1 tonna mol go‘shti va 15,8 tonna qo‘y go‘shti keltirib sotilgan.


Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati

Report Page