Joriy yilning 1–14-avgust kunlari davomida asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi va go‘sht mahsulotlarining ulgurji narxlari o‘zgarishi yuzasidan tahliliy ma’lumot

Joriy yilning 1–14-avgust kunlari davomida asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi va go‘sht mahsulotlarining ulgurji narxlari o‘zgarishi yuzasidan tahliliy ma’lumot

EconomyPress

Ushbu davr mobaynida bozorda piyoz 350 so‘mga, sarimsoq piyoz 1 000 so‘mga, bulg‘or qalampiri 2 000 so‘mga va uzum 9 000 so‘mga arzonlagan.

Shu bilan birga, banan 2 500 so‘mga, apelsin 1 500 so‘mga va qovun 6 500 so‘mga oshgan.

Davlat bojxona qo‘mitasining tezkor ma’lumotlariga asosan, joriy yil 1–14-avgust kunlari umumiy qiymati 48,6 mln AQSH dollarlik (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18 mln AQSH dollar ko‘p) jami 62,9 ming tonna (17 ming tonna ko‘p) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti amalga oshirildi. 

Xususan, mazkur davrda 15,4 ming tonna uzum, 9,5 ming tonna qovun, 6,6 ming tonna olxo‘ri, 4,4 ming tonna loviya, 3,4 ming tonna anjir2,4 ming tonna tarvuz, 1,4 ming tonna quritilgan meva, 1,3 ming tonna sabzi, 1,1 ming tonna mayiz 1,0 ming tonna shaftoli tashqi bozorlarga yetkazib berilgan.

Shuningdek, ushbu davr mobaynida 3,5 mln AQSH dollar (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 0,9 mln AQSH dollar ko‘p) qiymatdagi jami 4,8 ming tonna (2,1 ming tonna ko‘p) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, xususan 2 ming tonna banan, 0,8 ming tonna kartoshka va 135 tonna limon import qilingan.

Tezkor ma’lumotlarga asosan, “Qo‘yliq” bozoriga 1–14-avgust kunlari hududlardan jami 13,6 ming tonna, xususan, 5,1 ming tonna kartoshka, 6,4 ming tonna piyoz, 480 tonna karam va 1,7 ming tonna sabzi keltirilgan. Xususan hududlar va mahsulotlar kesimida tahlil qilinganda: 

Samarqanddan 4 590 tonna, Toshkent viloyatidan 357 tonna, Namangandan 81 tonna kartoshka;

Jizzaxdan 3 169 tonna, Toshkent viloyatidan 2 844 tonna, Samarqanddan 238 tonna va Namangandan 145 tonna piyoz

Toshkent viloyatidan 480 tonna karam;

Toshkent viloyatidan 548 tonna, Andijondan 334 tonna, Sirdaryodan 212 tonna, Surxondaryodan 189 tonna, Qashqadaryodan 172 tonna, Jizzaxdan 128 tonna va Farg‘onadan 106 tonna sabzi yetkazib berilgan.

Shuningdek, “Qo‘yliq” bozoriga Qozog‘iston Respublikasidan 22 tonna kartoshka keltirilgan.

Shu bilan birga, hududlardan “Chorsu” dehqon bozoriga 1–14-avgust kunlari jami 161,9 tonna, shu jumladan 140,4 tonna mol go‘shti va 21,5 tonna qo‘y go‘shti keltirib sotilgan.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati

Report Page