Jo’raqulova Rayhon, GulDU, Tibbiyot fakulteti 3-bosqich talabasi

Jo’raqulova Rayhon, GulDU, Tibbiyot fakulteti 3-bosqich talabasi


Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh!

Men Jo'raqulova Rayhon Guliston Davlat Universiteti Tibbiyot fakulteti Davolash ishi yo'nalishi 3-kurs talabasiman. Tibosfera maktabining esa 118-guruh tolibasi.

Sizlarga tibosferaga qo'shilganimdan keyin 1 yil 2 oy davomida nimalar o'zgarganligini aytib bermoqchiman.


O'qishga qabul qilinganimdan keyin yaxshi o'qish, zo'r mutaxasis bo'lish maqsadi bilan juda xursand yurardim. O'qishga kelgan kunimizdan boshlab 1 oy davomida kredit - modul tizimini o'rganganmiz, fanlar boshlanmagan, yangi fakultet, ustozlar yetarli emas edi. Lotin tili ustoz yo'qligi uchun, birinchi anatomiyani o'qiy boshlaganmiz. Suyaklardan qaysidir mavzuni o'qirdim, qaysisini esa o'qimasdim. O'qish ham juda qiyin bo'lardi, esimda universitetdan kelib, kechgacha Ahmedov kitobga qarab o'tirardim, video qidirardim, chunki kitob juda tushunarsiz edi, ma'lumotlar esa juda tartibsiz. Nimanidir o'qib borgan bo'lsam ham umuman gapira olmasdim (o'sha payt rasmga qarash kerak ekanligini bilmaganman). Boshqa guruhdoshlarim aytib berardi yodlab, men esa yodlay olmasdim. O'zimni chalg'itish uchun badiiy kitoblar o'qiy boshlaganman. Keyin turli xil anatomiya online darslariga borganman, ulardan ham biron narsa olmaganman, mavzulari men uchun tushunarsiz edi, ko'nglimdagidek o'rgana olmasdim (erinchoqlik qilib darslarga kirmasdim ham, hech kim tergamasdi ham).


Yonimdagilar (tibbiyot sohasida bo'lmagan kishilar) shifokorga rus tili kerak deyoshganidan keyin, rus tili kurslariga borganman. U ham 1,5 oy davom qilgan. Hozir ingliz tili kerak, hamma ingliz tili o'qiyapti deganlariga ingliz tili kursiga borganman, undan ham 1 oy borib, keyin, sessiyani bahona qilib qoldirganman. Qarasam 1 yilim o'tib bo'libdi, men esa tibbiyotga doir hech nimani o'rganmagandim. Anatomiyani o'qimagan kishi, gistologiya va fizologiyani qo'limga ham olib ko'rmagandim.


Uyga qaytganimda juda og'ir bo'lgandi, hamma uchun shifokor bo'lgan bo'lib ko'rinasan, dorilar va turli kasalliklarni sendan so'rashadi, sen esa bu haqida hattoki fikring ham yo'q. Undan tashqari seni o'qishing fakultet-ku, deyarli o'qitishmasa kerak, inistitut boshqacha baribir deyishardi.


Keyin ikkinchi kursdan qattiq o'qishga kirishaman degandim, yaqin bir insonimdan tibosfera haqida, rejimlari haqida eshitib juda hayron bo'lgandim va nima bo'lsa ham shu kursda o'qiyman deb niyat qilgandim. Ikkinchi kurs boshlanishida, dugonamga ham aytib, birga o'qishimizga ko'ndirganman. Endi intiqlik bilan oktyabrdagi qabulni kutardik. Sentyabrni oxirgi kunlarida dugonam qabul uchun e'lon berilganini, ro'yxatdan tezroq o'tishim kerakligini aytishdi. Ro'yxatdan o'tdim. Keyin esa yopiq guruhga qo'shildim. Elyorbek ustozni videolarini (tibosfera va tartiblari haqida) ko'rishimiz aytildi. Bu videolarni ko'rganimdan keyin tibosferaga muhabbatim juda ham ortdi. Ustozimiz bilan avval lotin tili, keyin anatomiyani ostelogiya bo'limidan boshladik. Osteologiyani juda yaxshi o'rgandik, ajoyib konspektlar, videolar ancha tushunarli edi (hayolimda 3d shakllanardi). Osteologiyani tugatganimizda ustoz osteologiya tugadi deganlarida juda boshqacha bo'lganman, nahotki men ham nimanidir tugata olaman deb o'ylab rosa xursand bo'lgandim. Shu ko'rinishda darslarimiz juda ajoyib o'tardi. Har kuni ko'proq kuchga ega bo'lardim, o'zimga ishonchim ham ortardi.




1. Ertalab uyg'onish

Bu eng barakali vaqtni g'aflatda o'tkazmaslik. Boshida qiyin bo'lardi, ustozlarimizni bu masala bo'yicha o'rgatganlariga amal qilib, qiyinchilik qolmadi shukr.


2. Ustoz - shogird an'anasiga bo'ysunilishi

Bu eng muhimi deb o'ylayman. Kitoblarda, videolarda ustozga muhabbatdan keyin ilm yuqadi deb o'qigandim. Keyin o'sha paytlar bunday bo'lmasa kerak deb o'ylagandim. Tibosferada esa buni guvohi bo'lganman. Elyorbek ustozga, o'zimni guruh ustozimga va tibosferadagi barcha ustozlarga muhabbat qo'yganman. Qaysidir joyda ta'lim berish va olish yaxshi bo'lmasa, mana shu an'ana buzilgani sababidan deb o'ylayman. Aynan tiboferada "Ustoz otangdan ulug'" hikmatli so'zini ma'nosini anglaganman.


Ustozingni guruh uchun, sen uchun qayg'urishlari, uyqusidan, sog'ligidan, qancha asablaridan voz kechishini ko'rib necha marta yig'lab yuborasan kishi (balki bu gaplarim boshqacha tuyilgandir, ammo shunday rostdan ham). Aytgancha ustozing har vaqtda kasal bo'lganingda, dangasalik tutib qolganida va boshqa barcha qiyinchilklarda eng yaxshi va to'g'ri yo'lni ko'rsatishi juda ajoyib. Universitetdagi ustozlarni ham hurmat qilishni, yaxshi ko'rishni o'rganib oldim shu ustozimizning aytganlari orqali.



3. Jamoaviy muhit

bu ham juda kerak. Har kuni ertalab uyg'onish, hammaga birma - bir telefon qilish, ertalab jamoadoshizni uxlab qolmaganiga xursand bo'lish. Agar telefonini ko'tarmasa uyidagilar, dugonalariga telefon qilish. Kimdir orqada qolsa, yaxshi o'zlashtira olmasa u bilan birga o'qish, bu hammasi chin mo'minning xulqidir. Bu xislatlar: o'z birodarlarini o'ylash, ular uchun qayg'urish keyinchalik ham ancha foyda beradi. Jamoada ko'tarinki kayfiyat, turli hazillar va ilm olishdagi, ilmni hurmat qilishdagi ustozlarni ko'rsatmalari ham ajoyib. Doim qo'linggizga telefonni olsanggiz, birinchi guruhga kirishinggiz, kayfiyatinggiz ko'tarilishi ham bor.


4. Konspekt, video materiallari, prezentatsiyalar

Konspektlar juda tushunarli, ajoyib yozilgan, men bunday tartibdagi konspektni, juda ham chiroyli (hayolda to'liq tasavvur hosil qila oladigan) videolarni tibosferadan boshqa joyda ko'rmadim hali. Boshqa kitoblardan bunday o'rgana olmaganman. Esimda, farmakologiyadan oddiy mexanizmni tushunish uchun you tubedan videolar ko'rganim, 3 ta kitobdan o'qiganim, soatlab asabiylashib vaqtimni ketgizgandim. Tibosferada fizologiyani o'qigan paytimizda shu mexanizm konspektni 1,5 betida juda tushunarli qilib yozilgandi. 1 marta o'qishim bilanoq tushunib olgandim.


5. Imtihonlar va reytinglar

Reytinglar - bu sizning har kunlik va haftalik dars qilishinggizni, uyqu rejimlarini va darsga qatnashishganinggizni ko'rsatib beradi. Bunda davomli, uzluksiz darslarga qatnashish va har kuni kuniga eng kamida 2 soat bir joyda o'tirib dars qilishinggiz tekshirib boriladi. Bir so'z bilan aytganda intizomli bo'lasiz. Hamma sohada ham bardavom va davomiylik bo'lsa biron narsaga erisha oladi ekan kishi.

Imtihonlar esa 1 oy davomida qanchalik mehnat qilganinggizni, mavzularni qanchalik o'zlashtirganinggizni ko'rsatib beradi. Bu esa keyingi oy bundanda yaxshi o'qishga undaydi.


6. Olimpiadalar va grantlar

Bu esa har bo'limni yoki fanni qay darajada o'zlashtirib olganimizni ko'rsatib beradi. Grantlar - mehnatimizga qarab mukofot degani. Agar hamma mavzularni zo'r o'qib borsak, grantlar orqali kursni oxirigacha bepul o'qishga ham ega bo'lamiz.


7. Suhbat guruhi

Mening eng yoqtirgan guruhlarimdan biri. Bu guruhda Tibosferadagi barcha tolibi ilmlar, tolibalar, ustozlar bir guruhga yig'ilganmiz. Elyorbek ustozimizni masalahat, tavsiyalari, suhbatlari o'tkaziladi. Eng qizig'i, sizni ayni damda nima qiynayotgan bo'lsa, Elyorbek ustoz o'sha mavzu bo'yicha nima qilish kerakligi haqidagi ko'rsatmalarini beradilar (lekin siz o'shani hali hech kimga aytmagan bo'lasiz). Ilm olishda ilmni, ustozni, jamoadoshlarni hurmat qilish qanchalik muhimligini anglab yetasiz.


Univeristet darslariga kelsak - normalni bilgandan keyin, patalogiya juda osson bo'lib qoladi ekan. Fanlarni esa mazza qilib o'rganadigan bo'lib qolasiz.


Xulosa qilib shuni aytmoqchimanki, har qanday sohani o'rganishda o'sha sohani bosib o'tgan, nima to'g'ri va nima xatoligini bilgan bir yo'l boshchiga muhtoj bo’lar ekan kishi. Tibosferada shu narsani topganman men. Aytganimdek, Tibosferaga qo'shilishimdan oldin hamma narsa qilib ko'rganman, natijasi esa bir yil umrimni quruq hech qanday foyda olmay sovurilgani bo'lgan. Hamma o'zi aqlidan kelib chiqib maslahat beradi, ammo bu maslahatlarni hammasi ham to'g'ri bo'lmaydi. Til o'rganish, chetga chiqish, USMLE ga tayyorlanish, amaliyotga chiqish va shunga o'shash narsalardan oldin avval 2 yil davomida bardavom bo'lib, sabr bilan tibbiyotni o'rganish turar ekan oldimizda. Uni o'rgangandan keyin esa qolgan hammasi juda oson bo'lib qoladi ekan. Kursga qo'shilganinggizdan keyin ham sizga "aqlli maslahat beruvchilar” bo'ladi, nima qilasan suyak, muskul o'qib, undan ko'ra u qil, bu qil deydiganlar. Kursga qo'shilganimdan keyin shunchaki hammasiga xo'p deb o'z yo'limda ketadigan bo'lganman. Ilm olish esa juda qiyin bir ish emas, eng sevimli ishimga aylanib qolgan.


Haqiqiy tibbiyotni o'rganmoqchi bo'lsanggiz, kichik ko'lmakda qolib ketmasdan ilm dengiziga sho'ng'ishni istasanggiz, umringgizni behuda o'tmasligini xohlasanggiz, ummatga beminnat xizmat qilmoqchi bo'lsanggiz, unda bizning oilamizga xush kelibsiz, sizni tabriklayman! Shunday ilm olish xoslarning yo'li, uni qiyinchiliklariga sabr qilish kerak.

Ajratgan vaqtinggizga rozi bo'ling.


Report Page