Jondorlik hunarmand, ishbilarmon va fermer ayollar e’tirof etildi

Jondorlik hunarmand, ishbilarmon va fermer ayollar e’tirof etildi

Jondor tuman hokimligi axborot xizmati

O'zLiDeP Jondor tuman Kengashi tomonidan “Ishbilarmon ayol – 2023” ko‘rik tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.

Ayollar o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish hamda ayollarning jamiyatdagi faolligini yanada oshirish maqsadida o‘tkazilayotgan mazkur tanlovda ko‘plab hunarmand, fermer, tadbirkor va ishbilarmonlar o‘z ko‘rgazmalari bilan ishtirok etdilar.

Taqdirlash marosimida ishtirok etgan O'zLiDeP viloyat Kengashi mas’ullari R. Salixova, N. Mahmudova, M.Djuraeva, partiya Jondor tuman Kengashi apparat rahbari Sh.Boboev hamda tuman hokimligi mas’ullari innovatsion loyihalarni hayotga tadbiq etishdagi faolligi, zamonaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish orqali yangi ish o‘rinlari yaratgani, eksportbop, import o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarayotgani, eng asosiysi, ishsiz qolgan, “Ayollar” hamda “Yoshlar” daftarlari ro‘yxatida turgan xotin-qizlarning ish bilan ta’minlashda faollik ko‘rsatayotgani uchun tadbirkor ayollarga minnatdorchilik bildirdilar.

Tadbirda ishtirokchilari 5 ta nominatsiya bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.

Hakamlar hay’atining yakuniy xulosasiga ko‘ra, “Yilning muruvvatli ishbilarmon ayoli” nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblik yakka tartibdagi tadbirkor, partiya faoli – Feruza Botirovaga,

- “Eng yosh, faol ayol tadbirkor” nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblik “Dilshoda Imona Imron” MChJ raxbari, partiya faoli Gulbarchin Mo‘minovaga,

- “Zamonaviy tashabbuskor ayol” nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblik yakka tartibdagi tadbirkor Qursiya Po‘latovaga,

-“Qishloqni ijtimoiy rivojlantirishda faollik ko‘rsatgan fermer ayol” nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblik Dildora Sharopovaga,

-“Investitsiyalarni jalb qilishda tashabbus ko‘rsatgan ishbilarmon ayol” nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblik esa – “Rajab Sadriddin Nozim Aziza” MChJ rahbari Nargiza Yusupovaga nasib etdi.

Tashkilotchilar tomonidan ishbilarmon ayollarga partiya va hamkor tashkilotlarning diplom va qimmatbaho esdalik sovg‘alari taqdim etildi. Tanlovning viloyat bosqichida qatnashish hukukini qo‘lga kiritgan ishtirokchilar muborakbod etildi.

Jondor tuman hokimligi axborot xizmati




Report Page