Jizzaxda uch nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga Prezident sovg‘alari topshirildi

Jizzaxda uch nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga Prezident sovg‘alari topshirildi


Jizzax viloyatida 9 may – Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanib, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, nogironlari va front orti mehnat faxriylarining holidan xabar olinmoqda.

Prezidentimizning joriy yil 7 maydagi “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida” gi farmoni doirasida ularning har biriga 20 million so‘mdan bir martalik pul mukofoti va boshqa ko‘plab qimmatbaho hamda esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirilmoqda. 

Jumladan, bugun erta tongdan Jizzax viloyati hokimi Ergash Soliyev hamda Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Farrux ziyabayev Sharof Rashidov tumanida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Mamasharif bobo Sodiqovga 9 may – Xotira va qadrlash kuni hamda g‘alabaning 79 yilligi munosabati bilan davlatimiz rahbarining bayram tabrigi, qimmatbaho va esdalik sovg‘alari hamda bir martalik pul mukofoti yetkazishdi. 

102 yoshli Mamasharif bobo Sodiqovning xonadonida haqiqiy bayram. Sharof Rashidov tumani umumta’lim maktabi o‘quvchilari hamda tuman madaniyat uyi qoshidagi havaskorlar tomonidan ona – yurt, tinchlik, mustaqillikni ulug‘lovchi, fashizm ustidan qozonilgan g‘alabani sharaflovchi she’r, qo‘shiqlar yangradi, harbiy orkestr ijrosidagi tantanavor kuylar barchaga xush kayfiyat ulashdi. 

Uchrashuv davomida bobo vatan ozodligi uchun kechgan janglar, urushdan keyingi tiklanish davri mashaqqatlari, o‘zining mazmunli mehnat faoliyati to‘g‘risida hikoya qilib, endi hech qachon urush bo‘lmasligini va yaratgan osmonimizni hamisha musaffo qilib, xalqimizni faravon, yurtimizni tinch qilishini hamda s hu Vatanni oqilona boshqarib turgan Yurtboshimizning aziz boshlari omon bo‘lsin – deya Mamasharif bobo Sodiqov barchaga omad tilab duo qildi.

Shu kuni viloyat sektor rahbarlari boshchiligida, Viloyat mudofaa ishlar boshqarmasi hamda garnizondagi harbiy qismlarning harbiy xizmatchilari Jizzax shahridagi Vera Tolpeyova hamda Zomin tumanida istiqomat qiluvchi 99 yoshli Xolbek bobo Ravshanovning xonadonida bo‘lib, davlatimiz rahbarining yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirib, qimmatbaho sovg‘alarini topshirishdi.

Ushbu sana munosabati bilan o‘tkazilayotgan bayram shodiyonalarini Jizzax viloyati bo‘ylab davom etmoqda.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Report Page