Jizzaxda talaba O‘zbekiston yoshlar ittifoqi kafilligi ostida sud zalidan ozod etildi 

Jizzaxda talaba O‘zbekiston yoshlar ittifoqi kafilligi ostida sud zalidan ozod etildi 

Yoshlarittifoqi_uz

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi o‘rtasida 2017-yil 5-dekabrda yoshlar masalalari sohasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi imzolangan Memorandumga muvofiq adashib, ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etgan yoshlarga insonparvarlik va odillik tamoyillaridan foydalanib yana bir bor imkon berish maqsadida O’zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan kafillik berilishi ko‘zda tutilgan. 

Shu kunga qadar sodir etgan jinoyatining ijtimoiy xavflilik darajasi past boʻlgan ko‘plab yoshlar ushbu imkoniyatdan foydalanib, o‘z xatolaridan toʻgʻri xulosa chiqarib, sogʻlom hayotga qaytmoqda.

Joriy yilda Jinoyat ishlari bo‘yicha Zarbdor tuman sudida ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etgan bir nafar yosh ham Yoshlar ittifoqi kafilligi asosida sud zalidan ozod etildi. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan uning harakatlari tahlil qilinib, yoshni sodir etgan jinoyat ishi ehtiyotsizlik oqibatida kelib chiqqanligini, qilgan ishidan pushaymonligini, avval sudlanmaganligini, jabrlanuvchi tomonidan hech qanday eʼtiroz yoʻqligini, hozirda talaba ekanligini hisobga olgan holda qonuniy yengillik berildi. 

Mazkur holat O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi va Jizzax viloyati Kengashi mas’ullari, shuningdek, mahalla fuqarolar yig‘ini faollari ishtirokida muhokama qilinib, ushbu yoshni kafillikga olishga qaror qilingan.

Report Page