Jizzax viloyatida dala tadqiqotlari

Jizzax viloyatida dala tadqiqotlari


Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti bo‘lim mudiri Jamolbek Turdaliyev boshchiligida bir guruh ilmiy xodimlar Jizzax viloyatining Arnasoy tumanida dala-tadqiqot ishlarini amalga oshirishmoqda.

Tadqiqotchilar viloyatdagi sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlarining tuproq sifatini baholash, sho‘rlangan yerlarni monitoring qilish, unumdorligini saqlash, qayta tiklash, oshirish, tuproqda sodir bo‘layotgan jarayonlarni tadqiqotlar yordamida o‘rganib, olingan maʼlumotlarni tahlil qilish va sho‘rlanishga oid maʼlumotlarni tezkor qayta ishlash hamda boshqarish kabi dolzarb vazifalarni bajarishda jonbozlik ko‘rsatishmoqda.

Maqsad dala-tuproq ishlari va analitik tahlillar asosida olingan tuproq namunalari natijasi bo‘yicha o‘rganiladigan, hududlar sug‘oriladigan yerlarining “Tuproq sho‘rlanish kartogrammasi”ni tuzish orqali yerlarning meliorativ holati to‘g‘risidagi, sho‘rlangan yerlar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni yerdan foydalanuvchilarga taqdim etiish nazarda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz: Tadqiqotchilar shu kungacha viloyatning Paxtakor, Sh.Rashidov, Forish, Yangiobod, Do‘stlik va Mirzacho‘l tumanlarida tadqiqot ishlarini yakunlashgan bo‘lsa, ayni paytda Arnasoy tuman massivlarida tuproq na’munalarini olish ishlarini nihoyasiga yetkazishmoqda. 

Tez kunlarda mutaxassislar tadqiqotlar davomi sifatida navbatdagi Zomin, Zarbdor va Zafarobod tumanlarida ham huddi shu tarzda dala-tadqiqot ishlarini olib borishadi.

Report Page