Jizzax viloyati, Forish tumani, “Qizilqum” MFY, “Mo‘lali” qishlog‘i aholisining EFFECT.UZ saytining rasmiy kanali orqali “ZAMON ZO‘RNIKIMI? – FORISHDAGI FERMERNING FARYODI” (https://www.youtube.com/watch?v=rl_fRS4qNng) videomurojaati bo‘yicha
R A S M I Y M U N O S A B A T
Jizzax viloyati, Forish tumani, «Qizilqum» MFY, «Mo‘lali» qishlog‘i aholisining EFFECT.UZ saytining rasmiy kanali orqali “ZAMON ZO‘RNIKIMI? – FORISHDAGI FERMERNING FARYODI” videomaterialida Jizzax viloyati, Forish tumani chorva mollarini boqish uchun ajratilgan yaylov yerlar bir necha shaxslar tomonidan egallab olinganligi, mahalliy aholi chorvasini boqish uchun yaylovlar yo‘qligi, aholi uylarining kadastr hujjatlari berilmaganligi, murojaatlar qoniqarli hal qilinmayotganligi yuzasidan mahalliy aholi norozilik bildirib o‘tgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi “Chorvachilikda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2841-sonli qaroriga asosan Forish tumanidagi qorako‘lchilikka ixtisoslashtirilgan shirkat xo‘jaligi tugatilishi munosabati bilan unga tegishli bo‘lgan barcha mol-mulklari, jumladan, ko‘chmas mulk obyektlari, suv quduqlari, chorva mollari va boshqa moddiy tovar boyliklari kim oshdi savdosida sotilgan.
Chorva mollari uchun ajratilgan yer maydonlari mol boshi soniga nisbatan “O‘zdaverloyiha” ilmiy-loyihalsh instituti “Jizvilyerloyiha” viloyat bo‘linmasi tomonidan loyihalar ishlab chiqilib biriktirilgan hamda loyiha g‘olibi tomonidan g‘olib bayonomasiga asosan ko‘chmas mulk obyektlari, suv quduqlari, chorva mollari va boshqa moddiy tovar boyliklariga egalik qilish hamda loyihada mavjud mol boshi soniga nisbatan tuman hokimining qarori asosida 49 yilga yaylov yer maydoni ijaraga ajratib berish belgilangan.
2017-yil 5-iyul kuni Forish shirkat xo‘jaligida takroran o‘tkazilgan kim oshdi savdosida 30-loyiha g‘olibi deb topilgan Qo‘shoqov Shoxruh Qo‘narzoda nomiga cho‘pon uyi, qo‘ra-qo‘ton va quduq yutib olingan. Mazkur g‘oliblik bayonnomasida faqatgina mol-mulklar ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lib, 690 gektar yer maydoni yutib olinganligi ko‘rsatilmagan. Fuqaro Qo‘shoqov Shoxruh Qo‘narzoda tomonidan yutib olingan mol-mulklarga nisbatan kadastr hujjatlari rasmiylashtirilmagan va mulk sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan. Mazkur bino inshoatlar uchun kadastr hujjatlari shakllantirilmagan. Shuningdek, 30-loyihaga biriktirilgan yer maydoni fuqaro Qo‘shoqov Shoxruh Qo‘narzoda nomiga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan. 30-loyihaga biriktirilgan 690 gektar yer maydoni Forish tuman hokimining 2018-yil 5-noyabrdagi 2075-sonli qarori bilan “O‘xum” MFY hududidan 97-konturida 230,1 gektar yer maydoni ajratib berilgan bo‘lib, mazkur qarorning ajralmas qismi xaritasida “O‘xum” MFY hududidan 97-konturida 230,1 gektar, 87k-konturdan 139 gektar, 96-q-konturidan 22 gektar, jami 391 gektar chizilgan. O‘z navbatida qarorda 87k-konturdan 139 gektar, 96-q-konturidan 22 gektar, jami 161 gektar yer maydoni ko‘rsatilmagan.
Mazkur yer maydoni Forish tuman hokimining 2018-yil 5-noyabrdagi 2075-sonli qarorining ajralmas qismi xaritasiga asosan jami 391 gektar yer maydoni Davlat kadastrlar palatasi Forish tuman bo‘limi tomonidan “Uzkard” dasturiga kiritilgan. 2022-yil 12-aprelda FORT12960987-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan va qishloq xo‘jaligi yerlari toifasi sifatida 13:11:000001111 kadastr raqami bilan rasmiylashtirilgan. (ilova qilinadi.)
“Elnazar Nurali” xususiy korxonasi tomonidan egirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari O‘zbekiston Respulikasi “«Yer kodeksi”ning 32-moddasiga asosan chegaralari belgilangan tartibda chegaradoshlar bilan belgilab olingan bo‘lib, qonunchilikda belgilangan tartibda qishloq xo‘jalik yerlariga nobudgarchilikka yo‘l qo‘ymagan holda beton va temir to‘siqlar orqali simli to‘siqda o‘z hududini egirish ishlarini amalga oshirilayotganligi aniqlandi.
O‘zbekiston Respublikasining “Yer kodeksi” 89-moddasida yer xususidagi nizolarni hal etish “Yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi yer xususidagi nizolar sud tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi”, deb ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lib, hozirda mazkur nizoli masala bo‘yicha Jizzax tumanlaaro ma’muriy sudida dastlabki sud jarayoni boshlangan va davom etmoqda.
Shuningdek, o‘rganishlar davomida aholi tomonidan yaylov yer maydoni hamda aholi xonadonlarini kadastr hujjat rasmiylashtirish bo‘yicha quyidagilar aniqlandi:
Mazkur masala bo‘yicha 2022-yil 3-noyabrda “Qizilqum” MFY, “Mo‘lali” qishlog‘ida yashovchi Ko‘char Dehqonov va jami 18 nafar fuqaro murojaat qilishgan bo‘lib, ushbu murojaat tegishli tartibda Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati Forish tuman filiali tomonidan o‘rganib chiqilgan. Filialning 2022-yil 11-noyabrdagi 01/01-956-sonli javob xati yuborilgan.
Forish tumani, “Qizilqum“ MFY, “Mo‘lali“ qishlog‘ida 27 ta turar-joy mavjud bo‘lib, shundan 20 ta turar joy ma’lumotlar bazasida xatlov asosida kiritilgan, qolgan 7 nafar fuqaroning uy-joylari o‘zboshimchalik bilan qurilganligi bois hozirda ma’lumotlar bazasida mavjud emas. Ushbu 27 ta turar joyning bittasiga kadastr hujjati rasmilashtirilib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Qolgan turar joylarning huquqiy hujjatlari mavjud emas.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29- dekabrdagi “Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1060-sonli qarorining 39-bandida ko‘rsatilgan huquqiy hujjatlarni to‘plab Davlat xizmati markazlariga yoki Yagona davlat xizmatlari portali orqali murojjat qilib kadastr hujjatlarini rasmiylashtirilishi to‘g‘risida tushunchalar berilgan.
Forish tuman hokimining 2015-yil 19-dekabrdagi 1219-sonli qarori “Nurali-Elnazar chovador” fermer xo‘jaligi “Qizilqum” MFY hududidagi 41, 43-konturlardan, 2019-yil 12-noyabrdagi 4846-sonli qarori bilan “Elnazar Nurali” xususiy korxonasiga “Qizilqum” MFY hududidagi 44, 45, 46, 47q, 48q, 35q, 40q, 42-konturlardan 1028,4 gektar yaylov yer maydoni chorvachilik va tuyachillik uchun, “Sattorovoy avlodi” oilaviy korxonasiga “Qizilqum” MFY hududidagi 29, 28q, 27q, 17q, 26q, 35q-konturlardan 2018-yil 10-sentyabrdagi 1737-sonli qaror bilan 444,1 gektar yaylov yer maydoni chorvachilikni rivojlantirish uchun ajratilgan.
Shuning bilan birga tadbirkorlar tomonidan qonunda belgilangan tartibda setkali sim to‘siqlar orqali o‘z hududini chegaralarni belgilab, egirib olinayotganligi ma’lum bo‘ldi. Aholi tomonidan tadbirkorlarni mulkiga yetkazilgan zarar bo‘yicha tegishli tartibda ichki ishlar bo‘limi tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Forish tumani hokimi tomonidan bir necha bor aholi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ushbu masalani yechish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi 709-sonli qarori bilan tadbirkorlar bilan yaylov yer maydonini ikkilamchi ijaraga olish orqali aholi chorva mollarini boqish taklif etilgan.
“Qizilqum” MFY, “Mo‘lali” qishlog‘i aholisi istiqomat qilayotgan hudud atrofida “Forishlik Jasur” fermer xo‘jaligi uchun Forish tuman hokimining 2014-yil 5-iyuldagi 389-sonli qarori bilan Qizilqum massivining 22q, 38, 39q-konturlaridan 100 gektar yaylov yer maydoni chorvachilikni rivojlantirish uchun 49 yil muddatga ijaraga ajratilgan.
“Nurali-Elnazar chorvador” fermer xo‘jaligiga Forish tuman hokimining 2015- yil 19-dekabrdagi 1219-sonli qarori bilan Qizilqum massivining 41, 43-konturlaridan 350 gektar yaylov yer maydoni chorvachilikni rivojlantirish uchun 49 yil muddatga ijaraga ajratilgan va Forish tuman hokimining 2021-yil 17- fevraldagi 268-sonli qarori bilan yopilgan klasterga o‘tgan.
“Sultonbek Akram” fermer xo‘jaligiga Forish tuman hokimining 2022-yil 20- iyuldagi 201-3-53-Q/22-sonli qarori bilan Qizilqum massivining 28q, 1q, 17q, 26 k, 27 k,13 k,14 k,16 k konturlaridan 350 gektar yaylov yer maydoni chorvachilikni rivojlantirish uchun 49 yil muddatga ijaraga ajratilgan.
“Ataqo‘rg‘onlik Barat” xususiy korxonasi uchun Forish tuman hokimining 2014-yil 5- iyuldagi 389-sonli qarori bilan Qizilqum massivining 15q, 19q-konturlaridan 40 gektar yaylov yer maydoni chorvachilik va bog‘dorchilikni rivojlantirish uchun 49 yil muddatga ijaraga ajratilgan va Forish tuman hokimining 2022-yil 20-iyuldagi 201-3-53-Q/22-sonli qarori bilan “Sultonbek Akram” fermer xo‘jaligiga qo‘shilgan.
“Qoratog‘ durdonasi” xususiy korxonasiga Forish tuman hokimining 2019-yil 27-sentyabrdagi 4408-sonli qarori bilan “Qizilqum” massivining 20q-konturlaridan 30 gektar yaylov yer maydoni bog‘dorchilik, polizchilik va saksovulchilikni rivojlantirish uchun 25 yil muddatga ijaraga ajratilgan.
“Hayot ekoturizm” MCHJga Forish tuman hokimining 2019-yil 27-sentyabrdagi 4408-sonli qarori bilan “Qizilqum” massivining 21q, 22q, 25q, 26q, 35q, 37q, 43q ,22q ,24q -konturlaridan 100 gektar yaylov yer maydoni chorvachilik ekoturizim rivojlantirish uchun 25 yil muddatga ijaraga ajratilgan.
“Sattorvoy avlodi” oilaviy korxonasiga Forish tuman hokimining 2018-yil 10-sentabrdagi 1737-sonli qarori bilan Qizilqum massivining 29, 28q, 27q, 17q, 26q, 35q-konturlaridan 444,1 gektar yaylov yer maydoni chorvachilik rivojlantirish uchun 25 yil muddatga ijaraga ajratilgan va Forish tuman hokimining 2021-yil 17- fevraldagi 236-sonli qarori bilan yopilgan klasterga o‘tganligi ma’lum bo’ldi.