#Jizzax_kadastr #videoselektor #tahlil

#Jizzax_kadastr #videoselektor #tahlil

BIR OYLIK KO‘RSATKICHLAR O‘RGANILDI

🔷Bugun Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari majlislar zalida tuman (shahar) bo‘lim va filial xodimlari uchun (ZOOM platformasi orqali) bir oylik ish hajmi yakunlariga bag‘ishlangan videoselektor bo‘lib o‘tdi.


🔹Kadastr agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i N.Sidikov, Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i S. Kodirkulovlar tomonidan o‘tkazilgan ushbu videoselektorda korrupsiyaga qarshu kurash, ijro intizomi va murojaatlar to‘g‘risida, o‘zboshimchalik va noqonuniy qurilmalarga ko‘rilgan choralar va DRU bo‘yicha, UzKAD dasturiga davlat obyektlarini olib o‘tish holati, Davreyestr pro 2 dasturida kadastr paspori shakllantirish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun to‘lov kutilayotgan arizalar va tushum bo‘yicha qilingan ishlar, shuningdek, mazkur dastur asosida kadastr pasporti shakllantirish uchun kelgan arizalarning muddat buzilish holati kabi masalalar ko‘rib chiqilib, ishga yondashuv bo‘yicha tahliliy, tanqidiy fikrlar bildirildi.

🔹Jumladan, Kadastr agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i N.Sidikov tomonidan joriy yilning iyul oyi davomida sohaga oid ishlar, Yer nazorati, avtomatlashtirilgan tizimga maʼlumotlarni to‘g‘ri va sifatli kiritilishi, KPI bo‘yicha tuman (shahar)lar ko‘rsatkichlari bo’yicha munosabat bildirildi. Ko‘rsatkichlari past bo‘lgan tumanlarga ishni to‘g‘ri tashkillashtirib bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

🔹 Shuningdek, Arnasoy, Baxmal, Zomin, Zafarobod, G’allaorol, Sharof Rashidov tumanlari, Jizzax shahri bo’limlar (filial) xodimlarining (ism shariflari o’qib eshittirildi va suhbatlashildi) ayrimlari mas’uliyatsizlik bilan ishga yondashuvi bo‘yicha tanqidiy fikrlar ham bildirildi. Bundan tashqari, yig’ilishda kadastr xodimlarining kasb madaniyatiga rioya etishi, ijro intizomini mustahkamlash, huquqbuzarliklar, shu jumladan, tamagirlik, poraxo‘rlik, mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish kabi illatlar aslo kechirilmasligi alohida ta’kidlanib, ish jarayonida ijro intizomiga rioya etmagan, kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan 10 nafar xodimga nisbatan intizomiy chora ko‘rildi.

🔹Videoselektor yakunida rejalar kelishib olindi va tuman (shahar) bo’limi (filiali) rahbarlariga topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarishi uchun muddatlar belgilanib, ijro so‘zsiz ta’minlash shart ekanligi yuzasidan ham ko‘rsatmalar berildi.




Report Page