“Jizzax auto” Sogʻliqni saqlash vazirligiga yana 100 dan ziyod beshinchi avlod Volkswagen Caddy tez tibbiy yordam avtomobillarining navbatdagi partiyasini topshirdi

“Jizzax auto” Sogʻliqni saqlash vazirligiga yana 100 dan ziyod beshinchi avlod Volkswagen Caddy tez tibbiy yordam avtomobillarining navbatdagi partiyasini topshirdi

Volkswagen

“Jizzax auto” AJ respublikamiz aholisiga sifatli va samarali tibbiy yordam ko'rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikni davom ettirmoqda. Bugun kompaniya Sog‘liqni saqlash vazirligiga yana 108 ta beshinchi avlod Volkswagen Caddy tez tibbiy yordam mashinalarining navbatdagi partiyasini topshirdi va rejalashtirilgan jami 1000 dona avtomobildan 700 tasi respublika tez tibbiy yordam xizmati ehtiyojlari uchun xizmat qilmoqda.

Mazkur ijtimoiy ahamiyatga ega loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qaroriga muvofiq, mamlakatimizda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlovchi Osiyo taraqqiyot banki va Osiyo infratuzilma investitsiyalari bankining imtiyozli kreditlari hisobidan amalga oshirilmoqda.

Ushbu yangi Volkswagen Caddy tez yordam mashinalari tibbiyot hamjamiyati tomonidan tan olingan hamda bemorlar e'tirofi va ishonchiga sazovor bo'lib kelmoqda. Boisi, ular tez tibbiy yordam ko'rsatish hamda bemorlar hayotni saqlab qolishda ishonchli va samarali transport vositasi sifatida ajralib turadi. Yangi avtomobillar barcha so‘nggi talablar asosida zamonaviy va qulay texnikalar bilan jihozlangan bo‘lib, ular samarali va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni kafolatlaydi.

Tez tibbiy yordam mashinalarining asosiy xususiyatlari orasida avtomobil tibbiy salonida shovqin va tebranish izolyatsiyasi, bemorni namlantiruvchi kislorod bilan ta'minlash tizimi, dastakli infuzion tizim, bemorni tashish uchun ko'p funktsiyali nosilkalar hamda konditsioner tizimining mavjudligi, nafaqat bemor va tibbiyot xodimlari uchun qulaylik yaratadi, balki, harakatlanish paytida avtomobil ichida tezkor tibbiy yordam ko’rsatish imkoniyatini beradi.

Yangi avlod Volkswagen Caddy avtomobillari O'zbekiston tibbiyot tizimiga Yevropa sifati va ajoyib texnik xususiyatlarini taqdim etadi. Bu sog‘liqni saqlash infratuzilmasi sezilarli darajada yaxshilanganidan dalolat beradi, qolaversa, eskirgan tez tibbiy yordam mashinalarining zamonaviy va ishonchli avtomashinalarga almashtirilgani mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimi rivojida muhim qadam bo‘lmoqda.

Report Page