“Jizzax Auto” MChJ Volkswagen va Škoda brendlarining dilerlik tarmog'ini kengaytirmoqda.

“Jizzax Auto” MChJ Volkswagen va Škoda brendlarining dilerlik tarmog'ini kengaytirmoqda.


“Jizzax Auto” MChJ barchaga Volkswagen va Škoda brendlarining rasmiy dileri bo'lmoq uchun noyob imkoniyatni taqdim etadi. Kompaniya Germaniya va Chexiyaning avtomobillarini O'zbekistonning ichki bozorida ilgari surish va texnik xizmat ko'rsatish sohasida hamkorlik qilishga taklif qiladi.

"Jizzax Auto" MChJ bilan hamkorlik - bu biznesning sifat jihatidan yangi bosqichga chiqish uchun imkoniyat. Moslashuvchan o'zaro manfaa'tli siyosat, marketing hamda kompaniyaning markaziy jamoasining professional ko'magi. Bizning brendimiz dileriga aylanib, Siz Volkswagen va Škoda kompaniyalarining viloyatingizda birinchi rasmiy vakili bo'lasiz!

Diler bo'lish uchun ushbu turdagi faoliyatning quyidagi xususiyatlarini hisobga olish lozim:

• Savdo zalida shourum mavjudligi. Savdo zalining minimal maydoni Volkswagen markasi uchun 491 m2 va Škoda markasi uchun 411 m2 bo'lishi lozim.

• Xizmat ko'rsatish zonasining mavjudligi. Xizmat ko'rsatish zonasining minimal maydoni Volkswagen markasi uchun 884 m2, Škoda markasi uchun 524 m2 bo'lishikerak.

• Brendbukga muvofiq ravishda avtosalonning markali dizayn elementlaridan (logotip, ustun, plitkalar, mebel va boshqalar) foydalanish.

• Kadrlarni puxta o'qitish va tayyorlash zaruriyati. “Jizzax Auto” MChJning obro'li dileriga aylanish uchun, avtosalon xodimlarining kompetentligiga jiddiy e'tibor berish muhim.

• Sotib olingan avtomobillarga yuqori sifatli servis va kafolat xizmatini ko'rsatish.

• Sotuvdan so'ng, mijozlarga ta'mirlash, rejali va rejadan tashqari texnik ko'riklarni o'z vaqtida ta'minlash imkoniyati.

Bugungi kunga kelib, O'zbekistonda ushbu standartlarga javob beradigan har bir brend uchun 3 ta dilerlik markazi faoliyat yuritmoqda. 2021 yil oxiriga qadar ushbu ko'rsatkichni har bir brend uchun 14ta ga yetkazish rejalashtirilgan (Ozbekistonning har bir viloyatida kamida bittadan diler).

Quyidagi ro'yxatda Siz Volkswagen va Škoda brendlarining yangi dilerlik markazlarini yaratish rejalashtirilgan hududlarni topishingiz mumkin. Rasmiy diler unvonini olish uchun tanlovda ishtirok etish uchun elektron anketani to'ldiring.

"Škoda" avtosaloni
"Volkswagen" avtosaloni

O'zaro manfaa'tli hamkorlik - kompaniyaning asosiy maqsadidir. Volkswagen va Škoda savdo markalari jahon avtomobil bozorida taniqli va ishonchli obro'ga ega. Ushbu omil har bir potentsial sherikga o'z viloyatida obro'li va taniqli bo'lishiga yordam beradi.

Agar siz bizning brendlarimiz yuqorida ko'rsatilgan viloyatlarda birinchi vakili bo'lishni xohlasangiz, nomzodning so'rovnomasini to'ldirib, quyidagi pochta manziliga yuborishingizni so'raymiz.


Bog'lanish uchun ma'lumot:

Salixov S.

"Jizzax Auto" MChJ dilerlik tarmog'ini rivojlantirish bo'yicha menejeri

Telefon: +99871 202-44-40 (7787) / +99899 808-71-71 / +99899 833-48-88

Elektron pochta: info@volkswagen.uz 




Report Page