“Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarini topshirgan davlat korxona va tashkilot xodimlari munosib taqdirlandi

“Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarini topshirgan davlat korxona va tashkilot xodimlari munosib taqdirlandi

@navoisport

 Xabaringiz bor, Davlatimiz rahbarining “Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bo‘yicha sport sinovlarini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida aholining barcha qatlamlari o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish orqali ularning jismoniy qobiliyati va harakat faolligi, mehnatga layoqatini oshirish, zararli odatlar hamda turli kasalliklarning oldini olish, sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida sport sinovlarini o‘tkazish belgilangan edi.


 Bugungi kunga qadar, Respublika bo'yicha 35 min nafardan ortiq, xususan, Navoiy viloyat, shahar (tuman) hokimliklari, idora va tashkilot xodimlarining 1617 nafari “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarini ixtiyoriy talablari bo‘yicha topshirdi.

 Bugun ushbu sport sinovlarida viloyatimiz bo'yicha yuqori natija qayd etib, faol ishtirok etgan 10 nafar xodimlar O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi tomonidan sovg'alar bilan taqdirlandi.

1. Bazarov Azim Danikulovich - G‘ozg‘on shahar hokimi

2. Raxmatova Gulbahor Bayramovna - G‘ozg‘on shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i

3. Namozova Dilfuza Toshevna - G‘ozg‘on shahar 1-sonli DMTT metodisti

4. Namozov Egamnazar Soli o‘g‘li - G‘ozg‘on shahar SES xodimi

5. G‘offorova Kamola Umrtoshevna - Zarafshon shahar 1-DMTT yo‘riqchisi

6. Yusupova Dilobar Meliyevna - Karmana tuman SES.Vrach labarant

7. Axatova Zebo Norpo‘latovna - Karmana tuman SESda Instruktor

8. Karimov Abdunabi Nasimovich - Qiziltepo tuman 32- maktab o‘qituvchisi

9. Xamroev Alijon Sherali o‘g‘li - Qiziltepa tuman TTB shifokori

10. Nurqulov Navro‘z Ro‘ziqulovich - Nurota tuman 3-makab jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi

Eslatib oʻtamiz, sport sinovlarini topshirgan xodimlar my.sport.uz portali orqali darajali sertifikatni yuklab olishi mumkin.
“Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari ixtiyoriy talablar asosida yangi ishga tushirilgan sport sohasidagi interaktiv xizmatlar portali my.sport.uz platformasidan foydalangan holda o‘tkazilmoqda.



Report Page