Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

Jismoniy madaniyat fakulteti

Yurtimizda yoshlar sporti uchun juda ham katta imkoniyatlar yaratilmoqda va shu imkoniyatlardan sportchi yoshlarimiz samarali foydalanib kelishyapti. 2021-yil 2-8-fevral kunlari Termiz shahrida sportning boks turi bo'yicha 2002-2003 yillarda tug'ilgan o'smirlar o'rtasida "Termiz open-2021" xalqaro turniri bo'lib o'tdi.

Ushbu turnirda Buxoro davlat universiteti, jismoniy madaniyat fakulteti 1-bosqich talabasi Amirshox Samadov ham faol ishtirok etdi.

Amirshox 91 kg vazn toifasining mutlaq g'olibi deb topildi va Polshada bo'lib o'tadigan jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

Amirshoxni ushbu g'alaba bilan tabriklagan holda, jahon chempionatida omad yor bo'lishini tilab qolamiz.

Jismoniy madaniyat fakulteti matbuot xizmati

Matbuot kotibi: Rustam Rahimboyev

Report Page