Jinoyatga jazo muqarrar. Internetda fuqarolar “samosud” qilindi izohi bilan tarqalayotgan video lavhalar yuzasidan IZOH
IIBB Axborot xizmatiToshkent viloyati IIBB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar davomida jinoyatga aloqador oʻndan ortiq shaxslar ushlangan.

Jumladan, joriy yilning 22-yanvar kuni Qibray tumani hududida (Telegram-bot orqali topshiriq olib, giyohvandlik moddalarini tarqatish bilan shugʻullangan)larni nomaʼlum shaxslar urib, tan jarohati yetkazgan va ushbu holatni video tasvirga olganlar.
Mazkur holat yuzasidan IIBB va boshqa hamkorlikdagi organlar tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda 1997-2003-yilda tugʻilgan oʻndan ortiq shaxslar gumonlanuvchi sifatida ushlangan.
Ularga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllangan va jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlariga kirishilgan.
Dastlabki tergovda aniqlanishicha, gumonlanuvchilar maʼlum moddiy manfaat evaziga shu kabi bir nechta voqeada ishtirok etib, tan jarohati yetkazish holati aks ettirilgan video yozuvlarni ijtimoiy tarmoq orqali buyurtmachiga yetkazib berganlar.
Oʻtkazilayotgan tergov-surishtiruv davomida Qonun ustuvorligi va qilmishga yarasha jazoning muqarrarligi taʼminlanadi. Maʼlumotlar toʻldirib borilmoqda, batafsil axborot beriladi.
IIBB Axborot xizmati